Ilmiy kotib

Ilmiy kotib

TAJIYEV AZIZ SHAVKATOVICh
Ilmiy kotib
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

1983 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Toshkent islom universitetining Islom tarixi va falsafasi fakulteti (2006), Toshkent islom universiteti magistratura bosqichini (2008) tamomlagan.

A.Tajiyev 2008 yildan 2010 yilgacha Ohangaron shahar sanoat kasb-hunar kolleji ijtimoiy fanlar o‘qituvchisi, 2010-2011 yillarda Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Sharq tillari va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2011-2014 yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, 2014 yildan 2017 yilga qadar “Jurabek Laboratories” o‘zbek-arab qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish tahlilchisi, 2017-2019 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2020 yildan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

2019 yilda “Hadislarning diniy aqidaparastlikka qarshi mohiyati” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

ILMIY ISHLARI
1. The Importance of the Isnad System in the Research of Ahadith. XVIII respublikanskaya nauchno-prakticheskaya konferensiya «Uzbekali Janibekovskiye chteniya - 2017», v chest 100-letiya Turkestanskoy i Alashordыnskoy avtonomii. – Turkestan, 2017. – B. 200-203.

2. Hadislar yozilishi va to‘planishining hadisshunoslikdagi ahamiyati. Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axboroti. – Toshkent, 2016. – № 4. – B.100-103.
3. Abu Ali Zandavistiy. Ajdodlar ibrati. – Toshkent: Movarounnahr, 2017. – B.38-42.

  1. The Kharijites’ Attitude towards Hadiths. Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axboroti. – Toshkent, 2017. – № 4. – B.41-43.
    5. Ilk islom davrida hadislar va ularning sahobalar ma’naviy hayotiga ta’siri. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy-tahliliy axboroti. – Toshkent, 2018. – № 1. – B.41-43.
    6. Hadith Using Methodology in the Early Religious-Political Sects in Islam. American Journal of Research. – Michigan, 2019. – P.21-30.
    7. Hadislarda xorijiylik yo‘nalishining qoralanishiga oid ayrim mulohazalar. Yosh olimlar ilmiy maqolalari to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2019. – B.129-135.
    8. XIII-XIV asrlarda Xorazm madaniy va adabiy muhiti. // Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab xalqaro turizmning barqaror rivojlanishida madaniy merosning tutgan o‘rni. Mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. Xiva: 2017. – B. 123-129.
    9. Hadislarning takfir tahdidiga qarshi kurashdagi ahamiyati. Islom ziyosi. – Toshkent, 2019. - №3. – B.89-97.
    10. Diniy bag‘rikenglikning hadislardagi ifodasi. Imom Buxoriy saboqlari. – Samarqand, 2019. - №3. – B.66-67.

Начало формы

Конец формы