Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi nashrlar bo‘limi boshlig‘i

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi nashrlar bo‘limi boshlig‘i

TARIX FANLARI BO’YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD)

1985-yilda Samarqand viloyati Kattaqo’rg‘on shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007 yilda Toshkent islom universitetining “Dinshunoslik” ta’lim yo’nalishi, 2010 yilda Toshkent islom universiteti magistratura bosqichi “Dinshunoslik” ixtisosligi bo’yicha tugatgan. 2008-2009 o‘quv yilida Misr Arab Respublikasi Qohira universitetida tahsil olgan.

2009-2014 yillar mobaynida Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, 2015-2017 yillarda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o’rganish YUNESKO” kafedrasi kata ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2018-2019 yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom fanlari” kafedrasi kata o’qituvchisi, 2019-2020 yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020 yildan hozirga qadar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi “Nashrlar” bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.

2020-yil O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ixtisoslashgan kengashida tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tarix fanlari doktori, professor A.Hasanov rahbarligida “O’rta Osiyodagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarda yahudiy jamoalarining tutgan o’rni” mavzuida dissertatsiyasini yoqlagan. Ixtisosligi: 07.00.04 - Dinshunoslik.

 

ILMIY ISHLARI

  1. Musulmon qiyosiy dinshunoslik ilmining paydo boʻlishi. Falsafa va huquq ilmiy-nazariy, maʼnaviy-maʼrifiy jurnali. – Toshkent: 2008. №1. – B. 31-32.
  2. Islomda anʼanaviy bagʻrikenglik tamoyillari. “Madaniyatlararo muloqot: nazariya va amaliyot” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. –T.: TDPU, 2008.
  3. Ahmad Shalabiy arab – musulmon qiyosiy dinshunosligining yirik namoyondasi. Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axborot. –Toshkent, 2008. – № 1. – B. 35-36.
  4. Falsafiy teologiya – din falsafasining asosiy yoʻnalishi. “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. III. T.: TIU, 2011. - B.255-258.
  5. Monoteistik va politeistik dinlarning yuzaga kelishi borasidagi qarashlar. Islomshunoslikni rivojlanitirishning konseptual masalalari” nomli ilmiy-amaliy seminar toʻplami. –T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2011. - B. 94-96.
  6. Dinlarni qiyosiy oʻrganishning metodologik muammolari. Sharqshunoslik. –Toshkent, 2013. – № 16. – B. 240-243.
  7. Markaziy Osiyoga yahudiylarning kirib kelishiga oid maʼlumotlar. Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axborot. –Toshkent: 2013. – № 3. – B. 36-37.
  8. Yahudiylikdagi ilk yoʻnalishlarning yuzaga kelishi va ularning oʻziga xos xususiyatlari. Toshkent islom universiteti Ilmiy-tahliliy axborot. –Toshkent, 2015. – № 3. – B. 48-50.
  9. The First Jews in Central Asia. Theoretical & Applied Science (Lancaster, USA) jurnali. 09/2016. B. 124-127.
  10. Fatvo va uning ahamiyati. “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. V. TIU, 2013. - B. 387-390.
  11. Yahudiylik va yahudiylar tarixining oʻzaro uygʻunligi masalasi. “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” ilmiy-amaliy seminar materiallari toʻplami // Toshkent islom universiteti, 2016. - B. 283-286.
  12. Yazik sredneaziatskix yevreyev. Materiali VІІІ respublikanskoy nauchno-prakticheskoy konferensiya posvyashyennoy 100 letiyu Turkestanskogo Muxtariata i Alashordinskoy avtonomii “Uzbekali Janibekskiye chteniya-2017”. – Turkestan: 2017. - S. 143-146.
  13. Oʻrta Osiyo yahudiylari soʻzlashuv tilining kelib chiqishiga oid qarashlar. Imom al-Buxoriy saboqlari (maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy jurnal) 4/2016. Samarqand. 2016. - B. 27-30.
  14. Markaziy Osiyoda yahudiy diasporasining shakllanishi va mahalliy xalqlar bilan oʻzaro aloqalari. Oʻzbekiston Milliy universiteti axboroti. 4/2017. №4. – B. 47-51.
  15. Oʻrta Osiyoda yahudiy diasporasining shakllanishi va ularning ijtimoiy hayoti. Islom ziyosi. – Toshkent, 2020. - №2. – B. 124-130.
  16. Jewsʻ Entry into Central Asia and the Formation of Jewish Diaspora. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. –India, 2020. Vol. 10. – P. 860-868.
  17. Buxoro yahudiylarining Oʻrta Osiyodagi tarixiga nazar. “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” ilmiy-amaliy seminar materiallari. –T.: XII toʻplam. –T.: “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyoti, 2020. – B. 50-51.