Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo’limi boshlig’i

Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo’limi boshlig’i

 Аллокулов Абдуллатиф Абдуллаевич

Moturidiylik ta'limoti tadqiqotlari bo'limi boshlig'i

Тарикс фанлари бойича фальсафа доктора ( доктор философии )

 

1982-yilda Andijon viloyati, Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog’ida tug’ilgan. Toshkent islom universiteti Dinshunoslik yo’nalishi(2006 y.), Toshkent islom universiteti magistratura bosqichini (2008 y.)  tugatgan. 2015-2017 Toshkent islom universiteti islomshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti bo’lgan.

A.Alloqulov 2008-yildan 2015-yilgacha Toshkent islom universitetining "Islomshunoslik" kafedrasi katta o’qituvchisi, 2018-2019-yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi Hadisshunoslik bo’limi mudiri, 2019-yil O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasi mudiri, 2019-2020 yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi Islomshunoslik bo’limi mudiri sifatida faoliyat ko’rsatgan. 2020-yil noyabr oyidan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.

2018-yil O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ixtisoslashgan kengashida tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Z.Islamov rahbarligida “Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va uning sharhlari tahlili” mavzuida (PhD) doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ixtisosligi: 24.00. 01-Islom tarixi ma manbashunosligi.

Turkiston (Qozog’iston) (2015), Istanbul (Turkiya) (2018)da o’tgan xalqaro anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.

Hozirda A.Alloqulov O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-2022-yillarga mo’ljallangan FZ-202002144 - «Moturidiya ta’limotiga oid aqidaviy matnlarning akademik tarjima va sharhlari hamda ularning elektron kutubxonasini yaratish» amaliy loyihasiga rahbarlik qilmoqda.

ChOP ETTIRGAN ILMIY IShLARI

O’quv-uslubiy qo’llanma va risolalar:

  1. Islomshunoslik asoslari. O’quv qo’llanma // Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa-birlashmasi, 2012. – 119 b.
  2. Dinshunoslik asoslari. O’quv qo’llanma // Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa-birlashmasi, 2013. – 313 b.
  3. Imon // Islomning besh ustuni. Risola. – Toshkent, 2017. – 87 b.
  4. Dunyo ulomalari murojaati // O’zbekiston musulmonlari idorasi. – Toshkent: “Print Line Group”, 2016. – 400 b.
  5. Yengil amallar. – Tashkent: Hilol nashr, 2020. – 220 b.
  6. Rasulullohning qizlari. Tashkent: Hilol nashr, 2020. – 86 b.

Maqolalar ro’yxati:

  1. Shihobiddin Marjoniyning “al-Hikma al-balig’a” asarida moturidiylik ta’limotini yoritilishi // Islom tafakkuri. – №1. – Toshkent. O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbaa birlashmasi, 2020. - B. 39-41.
  2. Ханай-мотуридийлик та'лимоти риводжида Абу Хафс Насафий «Акоид» асаринин ахамияти // Имом Абу Мансур Мотуридий ва мотуридия та'лимоти: о'тмиш ва бугун халкаро конфренсия материлари то'плами. - Тошкент: «Мовароуннахр» нашриоти, 2020. - Б. 93-98.
  3. Насафий «Акоид» асаринин замонавий мутаассиб окимлар г'ояларига карши курашда о'рни // Ислом зиёси. - №1. - 2020. - Б. 4-9.
  4. Абу Хафс Насафийнинг «Акоид» асари таржималари тахлили // Международный журнал «Молодой учений». - № 27. 2020. - Казань: Издательство молодых учений, 2020. - Б. 373-376.
  5. Moturidiylik ta'limotini hududiy tarqalishida Abu Hafs Nasafiyni «Aqoid» asarining ahamiyati // Марказий Осиёда ислом маданияти ва сан'ати: о'тмиш ва хозирги замон халкаро онлайн конфренсия материлари. - Т .: O'zXIA nashriyot-matbaa birlashmasi, 2020. - Б. 32-43.
  6. «Сахихи Буксорий» нинг йозилишига туртки болган омиллар // Имом аль-Буксорий сабоклари. - Maxsus soni. - Тошкент, 2020. - Б. 173-178.