MUFTIY HAZRATLARI KO’P SAVOB ISHLARNI XOLIS QILARDILAR!

MUFTIY HAZRATLARI KO’P SAVOB ISHLARNI XOLIS QILARDILAR!

Mahallamizga o‘rnatilgan ko‘prik qurilishida aynan hazratning sa’y-harakati yotibdi!

Bir kuni o‘g‘lim:

– Aya, eshonbuvaga aytsangiz, mahallamizga ko‘prik qurishga yordam bersalar?!, dedi.

Oldilariga bordim. Eshik oldida Turkiyadan kelgan vakillar, rektorlar va Qozog‘istondan kelgan odamlar turgan ekan.

Hazratning qabuliga kirishdan umidimni uzib qaytayotsam, yordamchilari:
– Jurnalist opa kirsin deyaptilar!, deya ortimdan chaqirdi.

Hayron qoldim. Mening kelganimni qayerdan bildilar?

Keyin bilsam kameradan ko‘rgan ekanlar.

Ichkariga ming xijolat bilan kirdim. Salomlashgach:

– Eshonbuva, qabulingizda shuncha odam bor ekan, men keyin ham kelaverar edim!, dedim,
– Ular erkak kishi, birinchi ayolning dardi eshitiladi!, dedilar va nima gapligini so‘radilar.

Men ko‘prik masalasini aytdim.

– Hm, ko‘prik qurilishi juda qimmat, ammo bir iloji chiqib qolar?, dedilar.

Shundan so‘ng tez orada mahallamizda ko‘prik qurildi.

Kecha o‘g‘lim:

– Aya, mana shu ko‘prik qurishida eshonbuvaning xizmati katta, ammo buni ko‘pchilik bilmaydi, u kishi savobni hech kimga bildirmay qilarkanlar, mana hozir qanchasini aytyapsiz, bilmaganimiz qancha?!, dedi.

Alloh taolo rahmatiga olib, hazratning yaxshi amallariga ajrni ko‘paytirib, joylari Firdavs jannatlaridan bo‘lsin. Omiyn!

Dildora Hasanova

Manba:muslim.uz