Bog‘lanish:: +99871-244-35-26  :  info@malaka.uz

Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi

Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi taqdim etildi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.

 

 

Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:

  • «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
  • «Xalqparvar davlat»
  • «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
  • «Adolatli ijtimoiy siyosat»
  • «Ma’naviy taraqqiyot»
  • «Xavfsizlik va tashqi siyosat»
  • «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».

Kitob so‘zboshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi ham «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» deb nomlanadi.

MARKAZNING MAQSADI

MOTURIDIYA JURNALI

Asosiy

Faoliyat

Yangiliklar

© 2020 maturidi.uz. All Rights Reserved "ZAKT kafedrasi"