ABUL HUSAYN BASHOG’ARIY

ABUL HUSAYN BASHOG’ARIY

Moturidiylik ta’limoti bo’yicha ilk davrga oid hamda muhim manbalardan biri “Sharh jumali usulid-din” asari bo’lib, bugunga qadar uning muallifi borasida aniq ma’lumot yo’q edi. Garchi ba’zi o’rinlarda asar Ibn Yahyo ismli olimga nisbat berib kelingan bo’lsa-da, bu ma’lumotni asoslovchi qat’iy dalillar mavjud emasdi. Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti professori Shukru O’zen 2021 yil 16 iyun kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil qilingan “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” nomli ilmiy-amaliy konferensiyada o’z maqolasi bilan ishtirok etib, Ibn Yahyo shaxsiyatini aniqlashga imkon beruvchi ma’lumotlarni taqdim qildi, asarning ayni shu olimga tegishli ekanligi borasida xulosa berdi.

Olim taqdim qilgan ma’lumotlar quyidagilardan iborat:

Men ushbu qimmatli asar muallifining kimligiga doir dalillar topdim va uning ismi Abul Husayn Muhammad ibn Yahyo ibn Is’hoq Bashog‘ariy ekanligini aniqladim. Ushbu yangilik menga muallif haqida yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritish imkonini berdi. Aslida Bashog‘ariy hijriy V asrning peshqadam moturidiy mutakallimlaridan bo‘lgan Nuriddin Sobuniyning “al-Muntaqo” nomli asari orqali bizga avvaldan tanish edi. Abu Salama Samarqandiyning “Jumalu usulid-din” nomli asariga Bashog‘ariyning yozgan sharhi moturidiy kalom maktabi nuqtayi nazaridan asarning asli kabi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero asar ushbu maktab va ta’limot haqida nodir va asl ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

“Sharh jumali usulud-din” asarining Bashog‘ariyga nisbat berilishi. Bashog‘ariyning to‘liq ismi va kunyasini keltirgan holda “Sharh jumali usulid-din”dan iqtibos berilgan ikki muhim manba mavjud. Bulardan birinchisi Ahmad ibn Ali Maymurg‘iyning “az-Zavoid ‘alal-favoid” nomli Imom Rustufag‘niyning qarashlari saralangan asari bo’lib, unda Bashog‘ariyning ismi to‘liq holda zikr qilingan va unga tegishli asarning nomi uch o‘rinda “Sharh jumali usulid-din” shaklida berilgan. Ba’zi o‘rinlarda esa kitobning nomi keltirilmasdan undan naqllar qilingan. Ikkinchi manba esa Ahmad ibn Muso ibn Iyso ibn Ma’mun Kissiyning “Majmu’ul havadis van-navazil” nomli asari hisoblanadi. Unda asar nomi “Sharhu usulid-din” nomi bilan zikr qilinib, Shayx Abul Husayn Muhammad ibn Yahyo Bashog‘ariyga nisbat berilgan. Shuningdek, Bashog‘ariyning mana shunday asar yozgani haqida Nuriddin Sobuniy uning qalamiga mansub “Kashful g‘avomiz fi ismatil-anbiyo” asariga yozgan “al-Muntaqo” nomli muxtasarida uch bora asar nomi bilan birga zikr qilgan. Biroq, hozirgacha tadqiqotchilar tomonidan bularning Nuriddin Sobuniyga oidligi yoki “Sharh jumali usulid-din”dan boshqa asar ekanligi fikri ilgari surib kelingan.

Olimning tarjimai holi

Mumtoz hanafiy kitoblarida Bashog‘ariyning biografiyasiga doir ma’lumotlarni uchratmaymiz. Biz esa “Kashful g‘avomiz”ning  muxtasari bo‘lgan “al –Muntaqo”, “Sharh jumali usulid-din” va Ahmad ibn Ali Maymurg‘iyning “az-Zavoid ‘alal favoid” nomli asarlariga asoslangan holda Bashog‘ariy haqidagi ba’zi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdik.

1. Nisbasi

Bu asarlarda berilgan ma’lumotlarga tayangan holda uning ismi Abul Husayn Muhammad ibn Abu Zakariyo Yahyo ibn Is’hoq al-Bashog‘ariy deb belgilandi. U nisbat berilgan Bashog‘ar haqida ansob va geografiya kitoblarida ma’lumot kelmagan. Shu bilan birga Faxriddin Ali Safiy ibn Husayn Koshifiyning “Rashahot aynil hayot” nomli asarida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Bashog‘ar Samarqand yaqinidagi, shaharning shimoli-sharqida joylashgan katta bir qishloq bo‘lib, shahardan 12 farsah (taxminan 72 km) uzoqlikda joylashgan. Koshifiy qishloqning nomini birma-bir harflari va harakatlari bilan keltirgan holda “Bashog‘ar” deb o‘qilishi kerakligini ta’kidlagan. Darhaqiqat, Google maps internet tarmog‘ida ta’riflangan ushbu hududda Peshog‘ar shaklidagi joy mavjudligini ko‘rish mumkin. Mazkur joy bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Jizzah viloyati sharqiy tarafida, Zomin tumani hududida, Bahmal tog‘ining shimoliy etaklarida joylashgan. Shu bilan birga ushbu hududning sharqiy tarafida “Beshpshagor” nomli kichik bir qishloq ham mavjud. Bu holatda Peshog‘ariy nisbasi ancha to‘g‘ri bo‘lishiga qaramasdan, yagona yozma manba bergan ma’lumotni asos qilib olishni muvofiq deb bildik.

2. Oilasi.

“Sharh jumali usulid-din”da olimning oilasidan faqatgina otasi haqida qisqagina ma’lumot kelgan. O’zi “ustozim va otam” deb zikr qilgan Abu Zakariyo Yahyo ibn Is’hoq haqida uning Imom Moturidiyga ustozlik qilgan Abu Nasr Iyoziyning xos talabalaridan bo‘lganini, uning fiqh darslariga o‘n besh yil davomida qatnaganini ta’kidlaydi. Abu Zakariyo Abu Nasr Iyoziy turklarga qarshi olib borilgan yurishlarda asir tushgan vaqti ustozining o‘g‘li Abu Ahmad bilan birgalikda uning yonida edi. Abu Nasr o‘g‘liga Abu Zakariyo bilan birga vatani Samarqandga qaytishini buyurgan va ular birgalikda Samarqandga qaytishgan. Bu orada hali yosh bo‘lgan Abu Zakariyo Bandagu nomi bilan tanilgan shayx Abu Ja’far Muhammad ibn Ahmad Zahabiyning darslariga qatnab hanafiy mazhabiga doir ilmini oshirgan. Shuningdek, riyozat ilmini o‘rganishga kirishib, tasavvufdan tahsil ola boshlagan.

3. Ustozlari

Otasi Abu Zakariyo Yahyo ibn Is’hoq haqida “ustozim” deb so‘z yuritishidan ilk tahsilni otasidan olganligini tahmin qilishimiz mumkin. U uzoq vaqt tahsil olgan ustozlari yoki shayxlari haqida biror ma’lumot uchratmagan bo‘lsak-da, quyida nomlari keladigan olimlardan turli o‘rinlarda “...uning o‘zidan eshitdim” deb naql qilishi ularga shogird bo‘lganligidan darak beradi:

1. Abul Hasan ibn Ali ibn Sa’id Rustufag‘niy

2. Abu Bakr Iyoziy. Keltirgan bir hikoyasi orqali u Iyoziyning janozasida qatnashgani ma’lum bo‘lmoqda.

3. Abul Hasan Ali ibn Ismoil Fog‘iy. Bashog‘ariy bu zotni siqa va ishonchli kishi ekanligini ta’kidlagan.

4. Faqih Abdussamad Ahmad Albinjaniy.

4. Shogirdlari

Bashog‘ariyning Samarqand jome masjidi va ushbu hududdagi Chokardiza mahallasida joylashgan “Fuqaho va mashoyix” masjidida dars bergani haqidagi ma’lumotga asoslangan holda uning shogirdlari juda ko‘p bo‘lganini tahmin qilishimiz mumkin. Biroq, uning darslariga qatnashgani ma’lum bo‘lgan “az-Zavoid ‘alal favoid” asarining musannifi Ahmad ibn Ali Maymurg‘iydan boshqa biror-bir shogirdining nomini aniqlay olmadik.

5. Tug‘ilgan va vafot etgan sanasi

Bashog‘ariyning tug‘ilgan va vafot etgan sanasiga doir aniq ma’lumot mavjud emas. Shu bilan birgalikda yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan uning hijriy IV asr boshlari hamda ushbu asr oxirlari orasida yashab o‘tganligini tahmin qilishimiz mumkin.

Asarlari

Bashoğariyning “Kashful g’avomiz” nomli asarida: “iymonda istisno masalasini yozgan kitoblarimizning aksarida yetarli shaklda qalamga oldik” degan so’zlaridan, uning ko’plab kitoblar yozgani anglashiladi. Biroq, bu kitoblarning uchtasidan tashqari qolganlarining adadi, mavzulari va nomlarini bilmaymiz. Bir boshqa asar yozishga niyat qilganini ta’kidlab o’tgan bo’lsa ham, bu asarni yozgan yoki yozmaganligi haqida ham ma’lumotga ega emasmiz.

 1) “Sharh jumali usulid-din”. Ushbu asar manbalarda “Sharhu usulid-din” va “Sharhul usul” nomlari bilan ham kelgan. Mavjud bo’lgan yagona nusxasida uning ko’chirilgan sanasi hijriy 677 yil ya’ni milodiy 1279 yil juma kuni ekani bildirilgan. Afsuski, ushbu nusxaning muqaddima qismi va davomidagi yana 3-5 varaqlik bo’limlari nuqsonli bo’lib, avvalgi bo’limlarda ham ba’zi sahifalari tushib qolgan. Matn tas’hih qilingan bo’lishiga qaramasdan, ba’zi yozuv xatoliklari uchrab turadi. Ilhom Qosimiy tarafidan asarning noma’lum shorihga nisbat berilgan holda zamonaviy nashri amalga oshirilgan (2015 yil Bayrut).

2) “Kashful g’avomiz fi ahvolil anbiyo”. Bashoğariyning eng mashhur asari. Manbalarda ko’proq “Ismatul anbiyo” nomi bilan uchragan ushbu asarning bizgacha yetib kelgan bittagina qo’lyozmasi aniqlangan. Nuriddin Sobuniy tarafidan “al-Muntaqo” nomi bilan qilingan muxtasari esa Mehmet Bulut tarafidan 2003 yilda Bayrutda tahqiq qilingan holda nashr etilgan.

 3) “Kitobul bayon”. Bu asarning mavjudligi haqida Ahmad ibn Ali Maymurg’iyning naqllari asosida bilib olamiz.

4) “Kitob zikril ahvo”. Bashoğariy “Sharh jumali usulid-din”ning oxirida, Ahli sunna muxolifi bo’lgan 72 firqa mavjudligi haqida so’z yuritib, ulardan har birining nomi, kelib chiqishi va Ahli sunnaning ularga bergan javoblarini “Kitob zikril ahvo” nomli asarida keltirishini aytib o’tgan. Biroq, boshqa asarlarda mazkur asardan iqtibos keltirilmagani bilan birga muallifning yozishni niyat qilgan ushbu asarini tamomlab-tamomlamagani haqida ham ma’lumot majud emas.

Qarashlari

1. Bashog‘ariy “Sharh jumali usulid-din”da Samarqandda Ahli sunna olimlari Juzjoniyya va Iyoziyya nomli ikki guruhga ajralganini ta’kidlaydi. Otasining Abu Nasr Iyoziy bilan ustoz-shogird munosabatida bo‘lgani va o‘zining Iyoziyning o‘g‘illari Abu Ahmad va Abu Bakrlar bilan yaqinligi, asarida boshqa Samarqand olimlariga nisbatan ularning biografiyasiga kengroq joy ajratishi, Abu Ahmad Iyoziy qo‘lida tahsil olgan Abu Salamaning asariga sharh yozgani kabi jihatlarni e’tiborga olgan holda Bashog‘ariyning Iyoziyya madrasasiga yaqin bo‘lganini tahmin qilish mumkin.

2. Kalom ilmiga oid qarashlari nuqtai nazaridan aslan Imom Moturidiy maktabidan hisoblanuvchi Bashog‘ariyning asarlarida tez-tez keltirilgan iqtiboslardan Imom Moturidiyga va ayniqsa uning shogirdi Rustufag‘niyga xayrixoh bo‘lgani ma’lum bo‘lmoqda. Shu bilan birga vaqti-vaqti bilan Imom Moturidiyga oshkora qarshi chiqqan o‘rinlari ham uchraydi. Bulardan ba’zilarini sanab o‘tadigan bo‘lsak:

A. Imom Moturidiy eshitish uchun ovozni shart qilgani sabab “Allohning kalomi eshitilmaydi” deb fikr bildirar ekan, Bashog‘ariy faqih Abul Lays va bir qator muhaqqiq so‘fiylar kabi joriy odatga ko‘ra bo‘lmasa ham, Allohning ba’zi bandalariga lutf o‘laroq kalomini haqiqatan eshittirishi mumkinligi qarshini ilgari surgan. Bu borada uni Moturidiyning muxolifi sifatida ko‘rgan olim esa Rukniddin Samarqandiy hisoblanadi.

B. Imom Moturidiy “Va Biz Sizdan yelkangizni ezib turgan og‘ir yukingizni olib qo‘ydik” (Sharh, 2-3) oyatida kelgan vizr so‘zi “og‘ir yuk, mas’uliyat va gunoh ma’nolarida kelgan bo’lsa-da, mufassirlarning aksari tarafidan gunoh deb sharhlanishi”ni nomuvofiq ko‘rib, bu so‘zni “payg‘ambarlik yuklari/mashaqqatlari” shaklida sharhlash to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlagan. Bunga qarshi ravishda Bashog‘ariy esa “Bu oyat gunohga yo‘yilsa, hammaning o‘z holiga ko’ra gunohi deyish mumkin, Payg‘ambar alayhissalomning gunohlari boshqalarning gunohi kabi emas. Ammo payg‘ambarlar xalq sodir etgan katta va kichik gunohlardan ma’sumdirlar” deb, ko‘pchilikning sharhiga moyillik bildiradi.

S. Imom Moturidiy Qur’oni karimning Payg‘ambar alayhissalomga xitob qilgan 94-surasi – “Inshiroh”da kelgan oyatlarni boshdan oxirigacha tafsir qilishga kirishmaslik kerakligini himoya qilar ekan, Bashog‘ariy Imom Moturidiyning ushbu yondashuviga qo‘shilmay, “Payg‘ambarning sharafini bilish eng muhim ehtiyojlardan sanaladi. Shoyad bu yerda payg‘ambarning sharafi bayon etilgan bo‘lsa, uning afzalligini bilish va qalban pok tuyg‘ular ila u zotga hurmat ko‘rsatish uchun buning ustida tafakkur yuritish kerak. Agar zohiran nuqson paydo qiluvchi biror narsa bor bo‘lsa, u holda oyatlarni u zotning sha’nlariga munosib tarzda sharhlash uchun yana tafakkur qilish kerak” degan so‘zlarni aytadi.

3. Bashog‘ariy boshqa aqidaviy firqalariga nisbatan juda ham masofali va ashaddiy munosabatda bo‘lgan. O’zi qadariyya-mu’attila deb zikr qilgan Mo‘tazila hamda mushabbiha deb keltirgan Karrormiya mazhablariga mansub kishilarning aslida imonlari yo‘q ekanini ilgari suradi. Zohiran shahodat keltirganlari va islomni amalda tatbiq qilganlari sabab shari’at ularni kofir deyishimizni man etadi, deydi. Shuningdek, Rustufag‘niydan keltirgan iqtibosi bilan ushbu mazhab mansublariga zakot berish joiz emasligini takidlagan.

4. O‘zi hanafiy mazhabiga ergashgani Bashog‘ariyni boshqa fiqhiy mazhablarning qarashlarini tanqid qilishga undagan. “Kitobul bayon” nomli asarida keltirgan naqlida shofe’iy mazhabining ba’zi namoyondalarini qattiq tanqid qilganini ko‘rish mumkin.

5. Asarlarida ba’zi vaqtlarda tasavvufiy qarashlarni ilgari surgan Bashog‘ariy tasavvuf ahli ulug‘larining so‘zlari va manoqiblariga ham to‘xtalib o‘tgan. Bular qatorida Abu Hazma Xurosoniy, Abul Husayn Nuriy, Junayd Bag‘dodiy, Antokiy, Abul Abbos ibn Ato Bag‘dodiy, Muhammad ibn Fazl Balxiy, Hakim Termiziy, Abu Bakr Shibliy, Abulqosim Hakim Samarqandiy va Abu Ali Juzjoniylarni sanab o‘tishimiz mumkin.

Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda

Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda

O'zbekiston Prezidenti Prezidenti Shavkat Shavkat Mirziyoevning “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari

 

Savol.  Muharram Prezident, avvalo, gazamiz uchun intervyusiga rozilik bildirganingiz uchun Sizga minnatdorlik saqlanib qolamiz.

Ma'lumki, Keyingi besh yil davomida mamlakatimizda keng miqyosdagi demokratik o'zgarishlar amaliyotga oshiriladi. “Yangi O'zbekiston” deganda tushuncha real voqelikka aylanadi. Siz davlat boshligi, ana shu ijtimoyiy-siyosiy jarayonni davom ettirishi va ularning markazida turgan islohotchi xabarbar sifatida bu yangilangan mazmun-mohiyatini birinchi navbatda nimalarda ko'chirasiz?

Javob.  Avvalo shuni aytish kerakki, o'z yuritida ozod va erkin hayot, adolatli jamoat tuzish ulkan dasturni o'z ichiga olgan odamlar, qaysi millat o'gir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo'lini bosib o'tadi.

Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o'zbek halqi ham 1991 yil 31 avgustda muqaddam orzusiga erishdi-jonajon Vatanimiz o'z davlatimiz taraqqiyotini qo'llab-quvvatladi.

Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan qayin ana shu kutlug' sananing 30 yilligidan ulkan shodiyona sifatida keng ko'rsatamiz.

Bu shonli bayram oldandan mamlakatimizda katta tayyorgarliklar ishlari amalga oshiriladi. Joylarda keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashish ishlari shiddat bilan o'lib boriladi. Jumladan, poytaxtimizga tuxtash 100 gektardan ortiq ulkan qududda “Yangi Uzbekiston” bogi hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal suratlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulug', eng aziz bayramimiz mana shu yangi maydonda o'tqazamiz.

Xech shubhasiz, istiqlol yillari yuritamizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'qligida tarixiy ishlar amaliyotga oshirildi, erkak va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddaddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi - Asosiyligimiz ishlab chikildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosabatlarni o'rgatishadi. O'zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yorilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta asosli tarmog'i - tegishli chikaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari haqida topdi. Tom ma'noidagi konstitutsiyaviy davlat tuzildi.

O'zbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat to'riligini, davlatning aloqasizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotida millat manfatlarining ishonchli rahbarlik qilishini qodir qilish Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz-so'mlik jo'riy etildi va oltin-valyuta boshqaruvi formatlandi.

Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o'zligimiz tili.

Mana shunday unutilmas tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etmoq kerak nasib etganidan baxtiyorman.

Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yo'limiz ayrim xato va kamchilliklardan xoli bo'lishmaganini ochish kerak. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat tuzish kerak bo'lgan jaraenlar, murakkab va tahlikali davrning o'zli turli muammo va vazifalarni oldimizga ko'ndalang qilib. O'quvchilarning bilimlari tobora oshib borayotgani, bilim va tajribamiz, iroda va qonuniyatimiz bizni o'qitishi, ta'qib etilishi mumkin bo'lgan holatlar bilan bog'liq.

Shu boy mamlakatimiz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga ko'chirish, buning uchun yangi islohotlarni amalda bajarish maqsadga muvofiq bo'lishi kerak.

Darvoqe, “yangi” degandan sungining biz uchun alahamiyati bor. Misol, yangi kohna bayramlarimizdan biri  Navruz - Yangi kun  deb nomini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bogliq qadriyat va ananalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shouir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek,  “Xabarlarni yozish qadrli klub, kunduz bo'lsin Navruz!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi.

Yoki o'tgan asrning boshlarida yurrtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, yani, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-ma'rifat va milliy o'zlikni anglash g'oyalarini boyroq qilish, kurash maydoniga erkaklar chiqqanlarini barhamiz yaxshi bilamiz. Bu ulug' zot asosli maqsadi-jaholat va qo'lliqlik girdobida kolib kelayotgan Turkiston xalqining dunyoviy dunyosi fan-fan, ilg'or kasb-xunarlar bilan qurollantirib, umumiyboshariy rivojlanishga ega bo'la olmaslik kerak edi.

Jadidlar tomini tashkil etilgan yangi uslubdagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarining chet ellarga o'qish yurishishida tuzilgan xayriya jamoatchiliklari xalqimizni necha asrlik g'aflat uyqusidan uyg'otdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi. Afsuski, yuritimizda bolsheviklar diktaturasi o'rnatilgani, chor mustamlakachilikni rivojlantirishning yangicha formatida davom ettirish ma'rifatparvar bobolarimizga o'z bilimlari-muddaolarini to'la-to'kis amalda oshirishga asosini bermadi. VA ularning ulrining ezgu orzu-niyatlari xalqimizning kon-kонида, tarixiy xotirasida saqlanib qolishi va xunuz yashamoqda, desak, xozirgi xayotini aytgan bulamiz.

Shu ma'noda, bugunda kundagi butun xalqimizning qalbidan chukur joy olgan, umumiy milliy tili aylantirib borayotgan  “Yangi O'zbekiston”  g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'unlash davrlariga asos solgan alloma-bolivarligimiz va orzularimiz bilan birga. , adashmagan bulamiz.

Insoniyat tarixiy shundan dalolat beradiki, qaysiki xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashi kerak bo'lsa, mamlakatning iqtisodiy iqtisodiyoti, madaniy taraqqiyotining yangi bosqichiga ko'chadi. Bunday ijtimiy noyob voqea  “Renesans”  - uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb nomlanishi barchamizga ayon.

Ma'lumki, bug'ungi O'zbekiston zamini qadrimda ikki buyuk uyg'onish davrigi-Birinchi (ma'rifiy-IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar-XIV-XV asrlar) Renesansga beshik. Bu-jahon ilm-fanda o'z isbotini topgan va tan olgan tarixiy hisoblagich.

Xozirgi davrda mamlakatimizda yana bir vaqt Uyg'onish jarayoni kechasida. Shuning uchun  “Yangi O'zbekiston”  va  “O'chinchi Renesans”  suzlari hayotimizdagi o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib, yangramoqda, xalqimizni ulug' vakolatxonalari boshini boshqarib turadilar.

Bug'ungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlari, kengashlari va amaliyoti mamlakatlarigacha aylanmoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijalari. Chunki, rahbarining anikligi - elektron pochta xabarlari samarasini ta'minlaydilar.

Agar biz bundan besh yil o'tadigan bo'lsada, qabul qilinadigan yozuvlar strategiyasini targ'ib qilish, mazmun-mohiyatini muxassar ifoda etadigan bo'lsak, yangi O'zbekistonni tashkil etish va ushchini Rensans poydevorini yaratish buyuk vazifalarni strategik tashkil etish mumkin bo'lgan.

Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni tashkil etish-bu shunchaki xoxish-istak, sub'ektiv voqea, balki tub tarixiy asoslarga etakchi, mamlakatimizdagi mavjud ilmiy-ma'rifiy, ijtimiy-iqtisodiy iqtisodiyot, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'z tasir etuvchi, xalqimizning asliy intilishlari uchun mos, birlik. manfaatlariga to'la javob beradigon ob'ektiv zaruratdir.

Yangi O'zbekiston  -  demokratiya, inson tanlanishi va erkinliklari borasida umumiy qabul qilingan norma va tamoyillarga qat'iy amal qilish holatida, jahon hamjamiyati bilan do'stona aloqada bo'lish tamoyillari asosli rivojlanadigan, pirovard maqsadli xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayoti yaratib berilishi mumkin bo'lgan davlat boshqaruvi.

O'tgan tarixan qiska davrada islohotlarning tufayli erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirmoqchi emasman. Bu mavzuda mamlakatimiz xamda chet el ommaviy axborotlar vositalari orqali nufuzli davlat va siyosat arboblari, eksperti va tahlilchilarining fikrlari e'lon qilinadi.

Buxoro xolis hisoblar barchamizni kuchontiradi. Ayni vaqtida shuniy boshlanishini istardimki, biz bu demokratik o'zgarmishlarni kimlarga yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirishni maqsad qilmasak, aksincha, demokratik jarayonlar o'zimizga suv bilan havodek ta'minlash uchun, xalqimiz, avvalambor, yosh avlodizamizning buggi hayoti va ertangi vidolashishi mumkin bo'lgan uylanishlari uchun. oshirmoqdamiz.

Biz-O'zbekiston fuqarolari jamoatchiligining siyosiy-ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy iqtisodiyoti qiyofasi bilan o'zgardi, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi ma'lumotlar va qadriyatlar formatlanayotganlarini hammadan ham koproq his-tuyg'ularini etamiz. Ayniksa, “insonning boshi va erkinliklari”, “o'z ustuvorligi”, “ochlik va aniqlik”, “suz erkinligi”, “din va bilim erkinligi”, “jamoatchilik boshqaruvi”, “genlar tengligi”, “xususiy mulki aloqasizligi”, “iqtisodiy iqtisodiyot” faoliyat erkinligi ”singari fondamental demokratik tushunchilar va hayotiy ko'chnikmalarni to'g'ri vaqt real voqelikka aylantirib borayotgani haqida xabar beradi.

Bir xaqiqiy ochiq tan olishimiz kerak: vaqt o'tishi bilan isloxot jaraenlari tobora kengayib boraveradi, shiddatli zamonamizga yangi vazifalarni bajarish kerak bo'ladi. Hayotning o'zi bizni kop nargaga o'rgatmoqda. Shu sababli biz doimiy izlanamiz. Izlanish bor joyda yuquqlar bilan birga kamlik va nuqtsonlar ham bo'lishi tabiiyligi.

Ing asosiysi, “Yozuvda - barakat” degandalaridek, bizni eng yaxshi echimdan o'tdi, yani, yo'limizni anik belgilarab, katta ishlarni boshladik. Endi jamma gap islohotlari yo'lini tasdiqlash bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga etqazish. Bu albatta oson emas, lekin biz bunga qodirmiz. Muhimi, Keyingi yillarda shunday ulkan va murakkab vazifani amalda oshirish uchun etarli siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy iqtisodiyot, tashkiliy-institutsional zamin yaratildi.

 Savol. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgandek siyosiy-ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy iqtisodiyot, ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida  “Xalq davlat boshqaruviga emas, davlat xizmatlari xalqimizga xizmat ko'rsatishi kerak”  deganda, konstitutsiyaviy tamoyillarni joriya berish ustuvorligi bilan bog'liq. Buningga nimada?

Javob.  Men kup yillar davlat boshkaruvining eng kuyi boginidan boshlab, vrta va eng yukori pogonagacha - barcha boskichlarda mas'ul lavozimlarda ishlaganman, Oliy Majlis deputatlari bilan uchrashaman. Shuning uchun hammasi eskisi bor bo'lsa, ta'rifining barcha nuqtonson va kamchiligini, okholiniy kiyayotgan dardu muammollarni kuyi bogidan boshlab, ich-ididan, boshkalaridan koproq bilaman, deb to'lqin ishonch bilan aytaman.

Buyuk Amir Temur bobomizning Shaxrisabzdagi O'qsaroylikdagi  "Adolat - davlatning asosi va xizmatlari shiorid"  degan hikmatli suzlarida juda chukur ma'no bor.

Ma'lumki, ajdodlarimiz azaldan  “Zulm qilmoq, insofli bo'lish, xalq uchun adolat qurg'onini bunyod et” , deb yozish avlodi yo'l-yo'riq ko'rsatmagan. Biz ham sud-boshimizdagi tizmini isloh qilishda ana shunday sodda va hayotiy talablardan kelib chikdik. Xusan , “Sudyaning ongida - adolat, tilida - Haqiqat, dilida - poklik bo'lishishi kerak”  degan g'oyani ilgarisi surdik va amalga oshirishi mumkin.

Shu o'rinda mamlakatimizda davlat va hokimiyat boshqaruvlari uzok vaqt davomida xalq hayotidan uzib qolganini belgilash kerak.

Siyosiy-boshlang'ich nuqtayi nazardan davlatga  “xalq xo'jaligi-irodasi ifoda etadigan organ”  deb ta'rif berildi. Davlatni kim formatlantiradi? Xalq va uning muxor vakillari. Bo'yin, davlat va uning organlari avvalo kimga xizmat ko'rsatishi kerak? Albatta, xalqqa, turli mansab egalariga ovoz bergan va ishonch bildirgan fukarolalarga.

Shu ma`noda, xalqimiz davlat xizmatidan rozi bo'lishga, tomonlamaga haqli va munosabatda.

Ana shunda tamoyillar asosga qurilgan davlat hokimiyatiga tom ma`noda xalqchilar, demokratik hokimiyat yozilgan. Buxoro davlat va jamiyatning moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy ijodlari mustahkam va kam ta'minlangan. Shu sababdan biz xalqimizning o'girib kelayotganini, uni muammoliga kirgizish va samaralilikni oshish, odamlarning hayot darajasi va sifatini yaxshilashini boshcha islohotchilarimizning bosh maqsadi etib bildiradi.

Men davlat Baxtbariy sifatida faoliyat boshlagan 2017 yil mamlakatimizda  “Xalq bilan muloqot va inson manfatlariga ili” , deb nomlanganimiz zamirida ham aynan shunday intilish va vidjetlarimiz mujassam ekani anglash qin emas, deb o'ylayman.

Албатта, биз эски тизимни батамом ўзгартириб, ўз олдимизга қўйган мақсадга тўлиқ эришдик, деб айтишга ҳали эрта. Такрор айтаман, биз ҳар куни изланишдамиз. Бу йўлда дастлабки қадамларни қўймоқдамиз, холос. Лекин “Бу ўзгаришлар – вақтинчалик кампания, ўтади-кетади”, деганлар янглишади. Бу – Президент ва унинг командаси узоқни кўзлаб юритаётган прагматик халқчил сиёсатнинг энг устувор йўналишларидан бири ва уни халқимиз билан биргаликда албатта охиригача олиб борамиз, ҳеч қачон ортга қайтмаймиз.

Бугунги кунда биз эришган энг муҳим натижа ҳам аслида шу – демократик ислоҳотларимиз ортга қайтмайдиган тус олди.

Мамлакатимизда давлат органлари фаолиятида очиқлик ва ошкоралик тобора кенгайиб бормоқда. Сенатор ва депутатлар, вазир ва ҳокимлар, барча бўғиндаги мансабдор шахслар фуқаролар билан юзма-юз учрашиб, уларнинг дарду ташвишлари билан қоғозда эмас, амалда жиддий шуғулланмоқда. Яъни, авваламбор, давлат органлари халқ учун, ҳар бир фуқаро учун очилиб, улар билан фаол мулоқот олиб бормоқда.

Биз ҳаётимизда мажбурий меҳнат, хусусан, болалар меҳнати, ишсизлик, камбағаллик, коррупция, аҳолини уй-жой билан таъминлаш, таълим ва тиббиёт билан боғлиқ муаммолар мавжудлигини очиқ тан олиб, уларни кенг жамоатчилигимиз билан биргаликда бартараф этмоқдамиз.

Бугун одамларда адолатга, ҳақиқатга ишонч пайдо бўлмоқда. Улар турли даражадаги раҳбар ва мансабдорларнинг иш фаолиятига холисона баҳо бермоқда, камчиликларни ошкора танқид қилмоқда. Миллий тараққиётимиз учун бу жуда муҳим аҳамиятга эга. Чунки, атоқли шоиримиз Эркин Воҳидов айтганидек, “Яхшидир аччиқ ҳақиқат, лек ширин ёлғон ёмон”.

Бугун одамлар уйғонмоқда, жамият уйғонмоқда. Маънавий уйғоқ жамият – бу, ҳеч шубҳасиз, қудратли кучдир.

Ўзингиз айтинг, атиги бир неча йил олдин бундай натижаларни тасаввур қилиш мумкинмиди? Йўқ, албатта. Шунинг учун бугунги Ўзбекистон – кечаги Ўзбекистон эмас, бугунги халқимиз ҳам кечаги халқ эмас, деб айтишга барча асосларимиз бор.

Айни пайтда яна бир ҳақиқатни унутмаслигимиз лозим: бугунги Ўзбекистон – бу ҳали том маънодаги, биз орзу қилаётган, интилаётган Янги Ўзбекистон эмас. Ҳали бу маррага етиш учун олдимизда жуда олис ва машаққатли йўл турибди. Йўлимиз шу пайтгача осон бўлгани йўқ, бундан кейин ҳам осон бўлмайди. Лекин биз дадил олдинга боришдан, керак бўлса, кутилмаган, аммо пировард натижаси самарали ва халқимиз манфаатларига жавоб берадиган ноанъанавий қарорлар қабул қилишдан чўчимаслигимиз зарур.

Мана, сўнгги пайтда кўпгина масалаларда, жумладан, “прописка”, хорижга чиқиш учун “стикер”, мажбурий меҳнат, пахта ва ғаллага давлат буюртмасини белгилаш каби эски тартиблардан мутлақо воз кечиш бўйича ғоят муҳим қарорлар қабул қилдик.

Содда қилиб, жайдари тилда айтадиган бўлсак, бу билан осмон узилиб, ерга тушгани йўқ. Аксинча, бюрократия, вазифани суиистеъмол қилиш, тамагирлик кўринишлари камайиб, жамиятимиз ҳаёти эркинлашди, одамлар енгил нафас ола бошлади. Халқимиз ҳам, дунё жамоатчилиги ҳам бу қадамларимизни ижобий баҳоламоқда.

Янги Ўзбекистон – бу, аввало, янгича иқтисодий муносабатлар, янгича иқтисодий дунёқараш демакдир. Шу боис мамлакатимиз иқтисодий тизими тўлиқ қайта қурилмоқда, қанчалик оғир бўлмасин, бозор механизмларини амалда жорий этишни бошладик.

Ҳозирги вақтда электрон карточкадаги пулларни банкоматлар орқали нақд пулга айлантириш, миллий валюта курсининг “қора бозор”да – бир хил, банкларда эса бошқача бўлиши, хорижий валюталарни сотиб олиш, фуқароликка эга бўлиш, Ўзбекистоннинг исталган ҳудудидан уй-жой ва мол-мулк сотиб олиш ҳамда уларни рўйхатга қўйиш билан боғлиқ муаммолар тарихда қолди.

Ислоҳотлар аҳолининг барча қатламлари манфаатларига ижобий таъсир кўрсатмоқда: тадбиркорлар ўз бизнесини ривожлантириш учун эркинлик ва янги-янги имкониятларга эга бўлмоқда, деҳқон ва фермерлар, кластер хўжаликлари ўзлари етиштирган ҳосилнинг ҳақиқий эгасига айланмоқда. Ҳолбуки, собиқ мустабид тузум даврида “тепа”дан буйруқ бўлмаса, бир қадам босишга ҳам ҳаққимиз йўқ эди. Аҳвол шу даражага етиб борган эдики, уйимизнинг томигача пахта экдик, лекин косамиз оқармади. Мактаб болаларини ҳам пахтага ҳайдадик. Севимли шоиримиз Абдулла Орипов ўз даврида чуқур дард ва изтироб билан “Миллион эгатларга сочилган ўзбек”, деб ёзганидек, юз йил эгилиб пахта тердик.

Яқин-яқингача ҳар йили тахминан 6-7 миллион одам пахта теримига мажбуран сафарбар этиларди. Мана, уч йилдан буён улар бу машаққатдан қутулди. Қанчалик қийин бўлмасин, бу соҳада биз бозор иқтисодиётининг синалган ва самарали усулларини, жумладан, кластер тизимини жорий этдик. Кластерлар ёрдамида гектаридан пахта бўйича – 50 центнер, ғалла бўйича 100 центнердан ҳосил олишни кўзлаяпмиз ва бу марраларга албатта эришамиз.

Афсуски, мамлакатимизда тезлик билан ҳал этиш керак бўлган ўткир муаммолар бошқа соҳаларда ҳам йиғилиб қолган эди. Ҳаммаси жойида, деган кайфият билан уларни билиб – билмаганга, кўриб – кўрмаганга олиб, ғафлат уйқусига ботиб юравериш ҳам мумкин эди. Лекин бу ўзимизга, халқимизга, келажакка нисбатан хиёнат бўларди.

Очиқ айтмоқчиман: менинг табиатим бундай сохта ҳаётни мутлақо қабул қилолмайди. Халқимиз менга ишонч билдирди, ана шу юксак ишончни оқлаш, эл-юртимизга муносиб ҳаёт шароитини яратиб бериш – мен учун ҳаётимнинг маъно-мазмунидир. Мен миллионлаб инсонларнинг тақдири учун масъулиятни зиммамга олган эканман, ислоҳотлар борасида бошқача йўл тутишим, ҳаммасини аввалгидек қолдиришим асло мумкин эмас.

Такрор айтаман: олдимизда турган ишларнинг барчасини ўзимиз, ўз кучимиз билан қилишимиз керак, ҳеч ким четдан келиб биз учун биронта муаммони ҳал қилиб бермайди.

Савол. Мамлакатимиз тараққиётининг ҳозирги босқичида олдимизда турган энг устувор вазифалар нималардан иборат?

Жавоб. Ўтган йил декабрь ойида Олий Мажлисга йўлланган Мурожаатномада бу ҳақда атрофлича тўхталиб ўтган эдим. Шу боис саволингизга қисқача жавоб бермоқчиман.

Биринчи устувор вазифа: ижтимоий сиёсат мамлакатимизда давлат сиёсатининг энг муҳим устувор йўналишларидан бири бўлиб келган, ҳозир ҳам шундай ва келгусида ҳам шундай бўлиб қолади.

Бугунги кунда халқ фаровонлигини, одамларнинг ҳаёт даражасини ҳар томонлама ошириш, бунинг учун янги иш ўринлари, даромад манбаларини яратиш, камбағалликни қисқартириш, қишлоқ ва шаҳарларимизни обод қилиш иқтисодий стратегиямизнинг энг муҳим йўналишлари ҳисобланади.

Юртимизда ижтимоий муаммоларни ҳал этишнинг мутлақо янги ва ўзига хос тизими яратилди. Сиз, журналистлар, бундан албатта яхши хабардорсиз. Кейинги пайтда “темир дафтар”“аёллар дафтари”, “ёшлар дафтари”, “маҳаллабай” ва “хонадонбай” ишлаш усуллари айнан шу мақсадда жорий этилмоқда. Шу асосда муаммога оид мавҳум кўрсаткичлар эмас, балки ёрдам ва кўмакка муҳтож ҳар бир оила ва фуқаронинг, хотин-қизлар, ёшларнинг муаммолари ўз жойида аниқ ўрганилмоқда, улар вақтида ва самарали ҳал этилмоқда.

Кексалар, ногиронлар, оғир аҳволга тушиб қолган инсонларни қўллаб-қувватлаш, уларга меҳр ва мурувват кўрсатиш каби эзгу анъаналар бугунги кунда янгича маъно-мазмун, амалий ҳаракатлар билан бойиб, такомиллашиб бормоқда. Бу борада, айниқса, “Обод қишлоқ”, “Обод маҳалла”, “Беш муҳим ташаббус”, “Ҳар бир оила – тадбиркор”, “Ёшлар – келажагимиз” каби дастурлар ўз ижобий натижасини бермоқда.

Биргина “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурлари доирасида 2021 йилда барча шаҳар ва туманлардаги жами 7 минг 794 та қишлоқ ва маҳаллада умумий қиймати 20,8 триллион сўмлик қурилиш, таъмирлаш ва ободонлаштириш ишлари амалга оширилмоқда. Таъкидлаш керакки, миллий тарихимизда қишлоқ ва маҳаллаларимизни ободонлаштиришга ҳеч қачон бунчалик катта маблағ ажратилмаган, энг муҳими, уларнинг ривожига бу қадар жиддий эътибор берилмаган.

Ана шундай кенг кўламли ишларни амалга ошириш учун раҳбарлар қулай ва шинам кабинетлардан чиқиб, бевосита пастга, маҳалла даражасига тушиб ишламоқда.

Ижтимоий қўллаб-қувватлашнинг аниқ манзилли хусусиятга эга экани ҳар бир муҳтож инсонга унинг реал эҳтиёжини ҳисобга олган ҳолда ёрдам кўрсатиш имконини бермоқда. Бунда ушбу тоифага мансуб ҳеч бир инсон эътибордан четда қолмаслигига алоҳида аҳамият қаратмоқдамиз.

Таклиф ва ташаббуслар илгаригидек фақат “тепа”дан эмас, балки кўпроқ қуйидан бўлмоқда. Уларни амалга оширишда эса қуйи, ўрта ва юқори бўғиндаги давлат бошқарув идораларининг самарали ҳамкорлиги иш бермоқда. Шу асосда жамиятимизнинг ижтимоий манзараси бутунлай ўзгармоқда, самарали бошқарувнинг натижадорлиги ошмоқда, энг муҳими, одамларнинг ҳаётга, меҳнатга, ўзининг тақдири ва эртанги кунга ишончи ортмоқда.

Мен бундай ўзгаришларни жамият тараққиётининг энг асосий сифат кўрсаткичлари, деб ҳисоблайман.

Албатта, ижтимоий ҳимоя тизимидаги айрим камчилик ва нуқсонлар сақланиб қолмоқда. Биз уларни босқичма-босқич бартараф этамиз, ушбу тизимни такомиллаштириб, яхши натижа берадиган, жамиятдаги барча соғлом кучларни шу мақсад атрофида бирлаштирадиган даражага етказамиз.

Муҳтож фуқароларни тўғридан-тўғри, аниқ мақсад билан моддий қўллаб-қувватлашга қаратилган тизимли чора-тадбирларни амалга оширишда асосий эътибор аҳолининг кам таъминланган қатламларига дотация бериш эмас, балки уларга даромад топиш учун зарур шароит ва имкониятлар туғдиришга қаратилмоқда.

Иккинчи устувор вазифа: иқтисодий тараққиёт соҳасида ўсиш нуқталарини аниқлаш ва уларга алоҳида аҳамият қаратиш, шу тариқа Янги Ўзбекистон иқтисодиётининг рақобатбардошлигини ошириш муҳим роль ўйнайди.

Масалан, биз учун ўта муҳим бўлган тўқимачилик тармоғини олайлик. Корхоналаримиз бу соҳада пахтани етиштиришдан бошлаб уни чуқур қайта ишлашгача, якуний маҳсулот ишлаб чиқаришга қадар бўлган барча технологик жараёнларни пухта ўзлаштириб, экспорт ва фойда ҳажмини бир неча баробар оширган тақдирдагина мазкур йўналишда етакчи мамлакатларнинг ишлаб чиқарувчилари билан рақобатлаша олиши мумкин.

Она заминимиз бағридаги бой хомашё ва қазилма бойликларни эл-юртимиз манфаатлари йўлида ишлатиш мақсадида юқори самарали, замонавий технологияларга асосланган ишлаб чиқариш қувватлари барпо этилмоқда. Шу борадаги саъй-ҳаракатларимиз туфайли кейинги йилларда Қандим газни қайта ишлаш комплекси, Тошкент металлургия заводи каби йирик ва ноёб объектлар ишга туширилди, Навоий кон-металлургия мажмуаси ҳамда Ўзбекистон металлургия комбинатининг ишлаб чиқариш қувватлари кенгайтирилди. Ана шу ишларимизнинг давоми сифатида яқинда етакчи хорижий компаниялар билан ҳамкорликда лойиҳа қиймати 2 миллиард АҚШ долларига тенг бўлган Олмалиқ кон-металлургия комбинатининг янги мис бойитиш фабрикаси қурилиши бошланганидан хабарингиз бор.

Биз иқтисодиётимизни модернизация ва диверсификация қилишда алоҳида аҳамиятга эга бўлган хусусийлаштириш жараёнида фақат давлат корхоналарини сотиш эмас, балки уларнинг рақобатдошлигини ошириш, иқтисодий соҳадаги миллий манфаатларимизни мустаҳкамлашга хизмат қиладиган мутлақо янги ёндашувларни қўллашга устувор аҳамият бермоқдамиз. Давлат активларини сотишда шаффофлик ва самарадорликни, кенг жамоатчилик иштирокини таъминлайдиган кафолатларни яратиш айниқса ўта муҳимдир.

Учинчи устувор вазифа: биз ҳозирги глобал пандемия даврида аҳоли соғлигини муҳофаза қилиш, жумладан, тадбиркорларни ўз муаммолари гирдобига ташлаб қўймасликни асосий мақсадларимиздан бири сифатида кўрамиз. Чунки ҳар бир тадбиркорлик тузилмаси ортида қанча-қанча инсонларнинг иш ўрни, оилаларнинг даромади, бугунги ва эртанги тақдири турибди.

Янги Ўзбекистонда кичик ва хусусий бизнес субъектлари сони кейинги пайтда икки баробар кўпайди, ушбу тармоқдаги 50 фоиздан зиёд корхоналар фақат кейинги уч йилда ташкил этилган. Бу эса мамлакатимизда муҳим ижтимоий қатлам – ўрта синфнинг кучайиши учун пухта замин бўлмоқда.

Шунинг учун ҳам бизнесни қўллаб-қувватлаш, тадбиркорлик ва хусусий мулкни ҳимоя қилиш барча иқтисодий ислоҳотларнинг бош масаласи бўлиб қолмоқда. Тадбиркорлар уларни қўллаб-қувватлаш ҳақидаги чиройли сўзларни кўп эшитган, энди бу гапларнинг амалий таъсири ва натижасини ўз кундалик фаолиятида ҳис этиши керак.

Бизнес аҳли ҳақида фақат солиқларни тўлаш ва текширишлар пайтида эслайдиган замонлар ўтиб бўлди. Шу нуқтаи назардан, солиқ қонунчилигини мақбуллаштириш борасида биз анча иш қилдик, лекин ҳали олдимизда янада катта вазифалар турибди ва биз уларни албатта амалга оширамиз.

Айрим маҳаллий ҳокимият органлари томонидан тадбиркорлар ишига аралашиш, “телефон ҳуқуқи”дан фойдаланиб, уларга тазйиқ ўтказиш ҳолатлари учраб тургани ҳам бор гап. Биз бундай муаммоларга узил-кесил нуқта қўйиш устида ишлаяпмиз. Агар биз тадбиркорларни қўллаб-қувватламасак, уларга шароит яратиб бермасак, хусусий корхоналар сонини кўпайтирмасак, шаҳар ва туманларнинг маҳаллий бюджети ночор аҳволда қолаверади.

Барчамиз бир ҳақиқатни чуқур англаб олишимиз керак: тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш – фуқаролар, халқимиз фаровонлигини оширишнинг энг самарали йўли, Янги Ўзбекистонни барпо этишнинг пировард мақсадидир.

Бу соҳадаги мавжуд камчилик ва нуқсонларни ҳал этишда мамлакатимиз ҳаётини янада эркинлаштириш, очиқлик ва ошкоралик муҳитини, жамоатчилик назоратини кенгайтириш муҳим роль ўйнайди, деб ишонаман.

Тўртинчи устувор вазифа: пандемия қишлоқ хўжалигида туб ўзгаришлар амалга оширилаётган даврга тўғри келди. Бу давр озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, аграр секторни замон талаблари асосида ривожлантириш бутун инсоният, жумладан, биз учун ҳам энг долзарб вазифага айланиб бораётганини яққол тасдиқлади.

Мамлакатимиз қишлоқ хўжалиги бўйича улкан салоҳиятга, қадимий тажриба ва бой анъаналарга эга. Аммо узоқ вақт мобайнида ушбу тармоқда бозор иқтисодиётига хос ёндашув ва моддий рағбатлантириш механизмлари жорий этилмади, уни ривожлантиришга маблағ ва илмий инновациялар етарлича жалб қилинмади. Оқибатда ернинг мадори қуриди, тупроқ унумдорлиги пасайди.

Тасаввур қилинг, мустақиллик даврида, яъни, кейинги 30 йилда Ўзбекистон аҳолиси 15 миллион нафарга кўпайди. Бу ўртача бир мамлакат аҳолиси, демакдир. Қолаверса, вақт ўтиши, ҳаёт ўзгариши билан одамларнинг истеъмол талаби ва эҳтиёжлари ҳам муттасил ортиб бормоқда. Еримиз, сувимиз эса кўпаймаслиги табиий, албатта. Бундай ресурслар нафақат бизда, бутун дунёда чекланган. Бинобарин, биз энди ақлимизни, интеллектуал салоҳиятимизни, билим ва тажрибамизни оширишимиз, айнан ана шу омилларни иқтисодий ўсиш нуқталари ва ресурс манбаларига айлантиришимиз шарт.

Бу ниманинг ҳисобидан бўлади? Албатта, бунга билим ва тажриба, тинимсиз ўқиб-ўрганиш, изланиш, янгиликка интилиш, юқори технологияларни жорий этиш, ислоҳотларни самарали олиб бориш ҳисобидан эришиш мумкин.

Шу сабабли биз аграр секторни ялпи ва тизимли трансформация қилишни бошладик. Ушбу соҳани иқтисодиётнинг асосий драйверларидан бирига айлантириш – бош мақсадимиздир. Шу мақсадда 2020-2030 йилларга мўлжаллаб ишлаб чиқилган Қишлоқ хўжалигини ривожлантириш стратегиясида тармоқни ривожлантириш борасидаги асосий вазифалар аниқ-равшан белгилаб қўйилди. Хусусан, қишлоқ хўжалиги, озиқ-овқат сектори ва қишлоқларни яқин ўн йилда жадал тараққий эттириш режаси кўзда тутилди.

Аграр соҳада ишларни бутунлай янги асосда ташкил этиш орқали тармоқнинг самарадорлиги ва рақобатдошлигини ошириш, ушбу йўналишда минглаб янги иш ўринлари яратиш ва қишлоқ жойларда одамларнинг ҳаёт даражасини юксалтириш сари муҳим қадамлар қўйилмоқда.

Бешинчи устувор вазифа: пандемия даврида халқимизнинг соғлиги ва ҳаётини асраш биз учун энг муҳим вазифа бўлиб қолмоқда. Шу мақсадда 2021 йил учун давлат бюджетида 3 триллион сўм захира шакллантирилди. Ушбу маблағ ҳисобидан тиббиёт соҳасида кўпгина чора-тадбирлар, жумладан, аҳолини коронавирусга қарши эмлаш тадбирлари амалга оширилмоқда.

Барча тиббиёт муассасаларида масофавий хизматларни кўпайтириш, поликлиника ва касалхоналарни электрон иш юритишга ўтказиш, республика ихтисослашган тиббиёт марказлари ва уларнинг филиаллари ўртасида телемедицина хизматини йўлга қўйиб, диагностика ва даволаш учун жойлардаги имкониятларни янада кенгайтиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Тиббиётнинг бирламчи бўғинини кучайтириш, айниқса, қишлоқ ва маҳаллаларда тиббий хизматни сифат жиҳатидан янги босқичга кўтариш чоралари кўрилмоқда. Жумладан, бирламчи бўғинда умумий амалиёт шифокори штат бирлиги ўрнига оилавий шифокор ва унга ёрдамчи сифатида 5 нафар ўрта тиббиёт ходимидан иборат “тиббий бригадалар” ташкил этилмоқда.

Мамлакатимизда хусусий тиббий клиникалар очишга кенг имкониятлар яратиб берилаётганига қарамасдан, жойларда гемодиализ, тиббий диагностика ва реабилитация хизматлари бўйича шифохоналар етишмаяпти. Шунинг учун давлат-хусусий шериклик асосидаги лойиҳаларни кўпайтириш, 170 та туман ва шаҳар тиббиёт бирлашмасини компьютер томографлари билан таъминлаш, улардан фойдаланиш бўйича ходимлар малакасини оширишга қаратилган амалий ишлар бошланди.

Тиббиётдаги яна бир мураккаб муаммо – юқори малакали кадрлар етишмаслигидир. Шу боис янги ўқув йилидан бошлаб клиник ординатуранинг қабул квотаси икки баробар оширилади. Вилоят ҳокимликлари ўз ҳудуди учун зарур бўлган ана шундай мутахассис-шифокорларни тайёрлашга маҳаллий бюджетдан грантлар ажратади.

Мамлакатимизда инсон аъзоларини трансплантация қилиш бўйича қонуний асосларни ишлаб чиқишни бошладик. Бу борада норматив-ҳуқуқий базанинг мавжуд эмаслиги туфайли илгари, донорлик қилувчи шахс беморнинг яқин қариндоши бўлмаса, трансплантация учун рухсат берилмас эди. Кўпчилик фуқароларимиз бундай тиббий операцияни чет элда ўтказар, хорижга боришга қурби етмаганлар эса чорасиз аҳволда қолар эди.

Бизни энг қийнайдиган масалалардан бири – соғлиқни сақлаш соҳасидаги коррупция ҳолатларидир. Ўтган йилнинг ўзида тизимда 30 миллиард сўмдан ортиқ маблағни талон-торож қилиш ҳолатлари аниқланди ва айбдорлар қонуний жазога тортилди. Шунинг учун бу соҳада таъсирчан назорат тизимини ўрнатишга, аввало, жамоатчилик назоратини кучайтиришга жиддий аҳамият берилмоқда.

Аҳолининг тиббий маданиятини ошириш, одамлар ўртасида соғлом турмуш тарзи тамойилларини кенг тарғиб этиш нафақат тиббиёт соҳаси, балки бутун жамиятимиз олдидаги долзарб вазифадир. Ҳар бир инсон ўз соғлиги ҳақида аввало ўзи ўйлаши, ғамхўрлик қилиши керак. Айниқса, коронавирус пандемияси бутун ер юзида, жумладан, юртимизда ҳам давом этаётган ҳозирги пайтда бунинг аҳамияти беқиёсдир.

Шу боис бепарволикка, лоқайдликка берилишга асло ҳаққимиз йўқ. Коронавирус ҳали ҳам ёнимизда, биз билан бирга яшамоқда. Шунинг учун мамлакатимизда тегишли тиббиёт марказлари, дори-дармон ва ҳимоя воситаларининг етарли захираси шакллантирилди. Ҳудудларда 60 та кислород станциясини ишга тушириб, реанимация ва интенсив даволаш бўлимларини кислород билан узлуксиз таъминлаш бўйича ишлар жадал олиб борилмоқда. Юртимизда вакцина ишлаб чиқариш бўйича амалий ишлар бошланди.

Республикамизда шу йил 1 апрелдан бошлаб аҳолини коронавирусга қарши эмлаш жараёнлари узлуксиз давом этмоқда.

Фурсатдан фойдаланиб, халқимизни ўз соғлиғига масъулият билан қараб, бу хавфли касалликка қарши эмлаш тадбирларида фаол иштирок этишга яна бир бор чақираман.

Олтинчи устувор вазифа: биз янги шароитда маънавий-маърифий ишларни кучайтиришга интилмоқдамиз. Бундай ёндашув – бугунги ва келгуси ривожланишимиз учун мустаҳкам пойдевордир.

Шу маънода, Янги Ўзбекистонни барпо этиш – яқин ва олис тарихимиз, бетакрор ва ноёб маданий бойликларимизни янада чуқур ўрганиб, уларга таяниб, мустақил миллий тараққиёт йўлимизни янги босқичда давом эттириш демакдир.

Кейинги йилларда маданий-гуманитар йўналишда – маданият, кино, рақс ва тасвирий санъат соҳаларини, адабиёт ва китобхонликни ривожлантириш бўйича амалга ошираётган ишларимиз халқимизга яхши маълум, албатта. Хусусан, халқаро мақом анжумани, бахшичилик ва миллий ҳунармандчилик фестивалларини ташкил этганимиз ва юксак савияда ўтказганимиз Янги Ўзбекистонни дунёга кенг тарғиб этишда муҳим аҳамиятга эга бўлди.

Миллий тарихимизни холис ва ҳаққоний тадқиқ этиш учун бугунги кунда Ўзбекистонга оид хориждаги маданий бойликларни тадқиқ этиш маркази, Фанлар академияси қошида Ўзбекистоннинг янги тарихи маркази, “Ўзбекистон тарихи” телеканали фаолият кўрсатмоқда.

Ислом дини ривожи йўлида беқиёс хизмат қилган буюк муҳаддис боболаримизнинг диний ва илмий-маънавий меросини ўрганиш ва тарғиб этиш мақсадида Самарқандда – Имом Бухорий, Сурхондарёда – Имом Термизий халқаро илмий-тадқиқот марказлари, шунингдек, Тошкентда Ўзбекистон халқаро ислом академияси, Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази иш олиб бормоқда.

Тошкент шаҳрида барпо этилаётган Ўзбекистондаги ислом цивилизацияси маркази халқимизнинг бой диний-маънавий меросини чуқур ўрганиш ва дунёга тарғиб этиш, ёш авлодимизни миллий ва умумбашарий қадриятлар руҳида тарбиялашда беқиёс ўрин тутадиган илм-маърифат марказига айланади.

Биз ҳозирги мураккаб ва шиддатли замонда маънавий-маърифий ишларнинг ўрни ва таъсири тобора ортиб бораётганини ҳисобга олиб, бу соҳадаги фаолиятимизни янада кучайтиришга алоҳида аҳамият бермоқдамиз. “Маънавият ва ижодни қўллаб-қувватлаш мақсадли жамғармасини ташкил этиш тўғрисида” ҳамда “Маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” шу йил март ойида қабул қилинган Президент қарорлари айни шу соҳадаги вазифаларни самарали ҳал этишга қаратилгандир.

Янги Ўзбекистон нуфузли халқаро ва минтақавий ташкилотларда барча соҳалар қатори маънавий-маърифий масалаларга оид ташаббусларни ҳам дадил ўртага қўймоқда. Бу ҳақда сўз юритганда, мамлакатимиз томонидан Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида “Маърифат ва диний бағрикенглик” резолюциясини қабул қилиш бўйича илгари сурилган ташаббус халқаро жамоатчилик томонидан кенг қўллаб-қувватланди. Яқинда мазкур резолюция қабул қилинганини алоҳида таъкидлаш лозим.

Шунингдек, Туркий тилли давлатлар ҳамкорлик кенгашининг видеоанжуман шаклида ўтган саммитида илм-фан, таълим, маданият ва санъат соҳаларини, шунингдек, туркий дунё бирлигини ривожлантиришга улкан ҳисса қўшган атоқли шахсларни рағбатлантиришга қаратилган яна бир муҳим ташаббусимиз қабул қилиниб, Туркий кенгашнинг Алишер Навоий номидаги халқаро мукофоти таъсис этилди. Биз буни барча туркий халқларнинг фахру ифтихори бўлган ҳазрат Алишер Навоий бобомизга, шундай улуғ зотларни тарбиялаб вояга етказган халқимизга бўлган юксак ҳурмат-эҳтиром ифодаси, деб биламиз.

Савол. Янги Ўзбекистонни барпо этишда ташқи сиёсатга, дунёдаги олис ва яқин давлатлар билан дўстона ҳамкорлик алоқаларини ривожлантиришга алоҳида аҳамият берилмоқда. Бу борада ички ва ташқи сиёсатнинг ўзаро боғлиқ ва уйғун жиҳатлари нималарда намоён бўлади?

Жавоб. Аввало, шуни таъкидлаш керакки, биз мамлакатимиз янгиланиш даврига қадам қўйган биринчи кунлардан бошлаб очиқ, прагматик ва амалий ташқи сиёсат юритиш, дунёдаги барча тараққийпарвар мамлакатлар, айниқса, қўшни давлатлар билан яқин дўстлик ва ҳамкорлик муносабатларини мустаҳкамлашга устувор аҳамият қаратмоқдамиз. Ўзбекистон ўтган даврда ана шу стратегик йўлга доимо содиқ қолиб, ўз шериклари ҳамда халқаро ташкилотлар олдидаги мажбуриятларини тўлиқ бажариб келмоқда.

Ўтган тарихан қисқа даврда юртимизнинг Марказий Осиё минтақаси ва жаҳон миқёсидаги сиёсий ўрни ва нуфузи кескин ошди. Дунёда Янги Ўзбекистонга нисбатан ишонч руҳи ва мамлакатимиз билан ҳамкорликка интилиш тамойиллари кучайди.

Биринчи навбатда, қўшни давлатлар билан муносабатларимизда йиллар давомида йиғилиб қолган муаммолар ҳал этилди. Чегаралар очилди. Қўшни – қўшниси билан, ака – укаси, ота – боласи, қариндош – қариндоши билан узилиб қолган алоқаларни тиклаб, бир мамлакатдан иккинчи давлатга эмин-эркин бориб кела бошлади. Виза масалалари ҳал этилди. Савдо-иқтисодий ва маданий-гуманитар алоқаларимиз жадал ривожланмоқда.

Азал-азалдан ўзаро қардош ва биродар бўлган мамлакатларимиз кўпгина минтақавий ва глобал масалалар, ижтимоий-иқтисодий тараққиёт бўйича яқин ҳамкорликда ҳаракат қилишни бошлади. Жаҳон сиёсатшунослигида “Марказий Осиё руҳи” деган ибора пайдо бўлди.

Шу йилнинг 5-6 август кунлари Туркманистонда бўлиб ўтган Марказий Осиё давлат раҳбарларининг навбатдаги Маслаҳат учрашуви бу жараёнга янги мазмун ва куч бағишлаши билан эътиборлидир.

Ана шу мисолларнинг ўзиёқ ички ва ташқи сиёсатнинг бир-бирига нақадар боғлиқ ва ҳамоҳанг эканини кўрсатади. Энг муҳими, ички ва ташқи сиёсатимиздаги ана шундай уйғунлик халқимиз манфаатларини кўзлаб амалга оширилмоқда ва бунинг натижасини оддий одамлар ўз ҳаёти ва тақдирида ҳис этмоқда.

Яна бир муҳим томони шундаки, Ўзбекистон бугун ўзининг узоқни кўзлаган сиёсати билан минтақамиз ва жаҳондаги сиёсий жараёнларнинг фаол иштирокчисига айланди. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти, Парламентлараро Иттифоқ, Европа Иттифоқи, Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилоти, Шанхай ҳамкорлик ташкилоти, Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги, Ислом ҳамкорлик ташкилоти каби халқаро ва минтақавий ташкилотлар билан ҳамкорлигимиз янги босқичга кўтарилди.

Мамлакатимиз Туркий тилли давлатлар ҳамкорлик кенгашига аъзо бўлди, Евроосиё иқтисодий ҳамкорлик иттифоқи ҳузурида кузатувчи мақомини олди. Ўзбекистон ўз тарихида биринчи марта БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгашига аъзо этиб сайланди ва унинг 2021 йил 22 февралда Женева шаҳрида видеоанжуман шаклида бўлиб ўтган 46-сессиясида муваффақиятли иштирок этди.

Ўтган йили мамлакатимиз илк бор Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги ташкилотига раислик қилди ва пандемияга қарамасдан, МДҲ доирасида кўзда тутилган 60 дан зиёд барча халқаро тадбирлар самарали ўтказилди, 70 га яқин муҳим ҳужжатлар қабул қилинди.

Ўзбекистон Марказий ва Жанубий Осиё минтақаларидаги интеграция ва ҳамкорлик жараёнларини фаоллаштиришда тобора муҳим роль ўйнамоқда. Шу йил 15-16 июль кунлари Тошкент шаҳрида “Марказий ва Жанубий Осиё: минтақавий боғлиқлик. Таҳдидлар ва имкониятлар” мавзусида ўтказилган халқаро конференцияда мамлакатимиз томонидан илгари сурилган янги таклиф ва ташаббуслар нафақат ушбу бепоён минтақалар давлатларида, балки жаҳон ҳамжамиятида катта қизиқиш уйғотди. Хусусан, Марказий Осиёни Ҳинд океани билан боғлайдиган янги транспорт йўлларини барпо этиш масалалари ҳам муҳокама қилинди. Конференция Тошкент руҳини яна бир карра намоён этди.

Бугунги кунда Ўзбекистон Республикасининг Ташқи сиёсий фаолият концепцияси такомиллаштирилмоқда. Ушбу муҳим ҳужжатда ташқи сиёсатимизнинг устувор йўналиши бўлган Марказий Осиё давлатлари билан кўп асрлик дўстлик ва яхши қўшничилик, стратегик шериклик ва ўзаро ишонч руҳидаги алоқаларимизни янада мустаҳкамлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Ўзбекистоннинг асосий хорижий шериклари ҳисобланган Россия, Хитой, Америка Қўшма Штатлари, Туркия, Германия, Франция, Буюк Британия, Жанубий Корея, Япония, Ҳиндистон, Покистон, Бирлашган Араб Амирликлари ва бошқа давлатлар билан кўп қиррали ва ўзаро манфаатли алоқалари янада кенгаймоқда.

Ўзбекистон Афғонистоннинг яқин қўшниси сифатида бу мамлакатда тезроқ тинчлик ва барқарорлик ўрнатилишидан манфаатдордир.

Маълумки, Ўзбекистон 2021-2022 йилларда Шанхай ҳамкорлик ташкилотига раислик қилади. Ҳозирги вақтда биз бу муҳим сиёсий тадбирни юқори савияда ўтказиш учун жиддий тайёргарлик ишларини олиб бормоқдамиз.

Инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш, сўз ва диний эътиқод эркинлиги, гендер тенглик бўйича эришаётган ютуқларимиз нуфузли халқаро ташкилотлар билан ҳамкорликда изчил мустаҳкамланиб бормоқда.

Дунёнинг кўплаб мамлакатларидаги юртдошларимизни қўллаб-қувватлаш ва улар билан алоқаларимизни янада мустаҳкамлаш мақсадида “Ватандошлар” жамғармаси ташкил этилди.

Жамиятимизда миллатлараро тотувлик ва бағрикенглик муҳитини мустаҳкамлашга қаратилган ишларимиз сифат жиҳатидан янги босқичга кўтарилмоқда. Ҳар йили Халқаро дўстлик куни сифатида кенг нишонланадиган 30 июль санаси Ўзбекистонда “Халқлар дўстлиги куни” деб эълон қилинди. Бу йил ушбу байрам мамлакатимизда биринчи бор кенг нишонланди. Буни ҳам ички ва ташқи сиёсат омиллари бирлашадиган муштарак ҳодиса сифатида қабул қилиш мумкин.

Бутун дунёда бўлгани каби мамлакатимизда ҳам экологик муаммоларни ҳал этишга жиддий эътибор берилмоқда. Қўшни давлатлар ва жаҳон жамоатчилиги билан биргаликда Орол денгизи ҳалокати оқибатида юзага келган экологик фожиалар таъсирини юмшатишга қаратилган ҳаракатларни қатъий давом эттиряпмиз. Денгизнинг қуриган тубида юз минглаб гектар ўрмон ва бутазорлар ташкил этилмоқда, Оролбўйи ҳудудларида улкан қурилиш ва ободончилик ишлари амалга оширилмоқда. Бу борада Бирлашган Миллатлар Ташкилоти билан ҳамкорликда тузилган Оролбўйи минтақасида инсон хавфсизлигини таъминлаш бўйича кўп томонлама Траст фонди фаолияти муҳим роль ўйнамоқда.

Бу ҳақда сўз юритганда, Ўзбекистоннинг Оролбўйи минтақасини экологик инновация ва технологиялар ҳудуди деб эълон қилиш бўйича БМТ Бош Ассамблеясининг махсус резолюциясини қабул қилиш ҳақидаги муҳим ташаббуси 2021 йил 18 май куни Ассамблея томонидан бир овоздан маъқулланганини қайд этиш ўринлидир. Ушбу резолюцияни ишлаб чиқишда АҚШ, Россия, Хитой, Туркия, Озарбайжон каби дунёдаги нуфузли давлатлар, жами 50 мамлакат ҳаммуаллиф сифатида иштирок этгани бу ташаббус жаҳон ҳамжамиятида қандай катта қизиқиш уйғотганидан далолат беради.

Савол. Маълумки, ислоҳотлар самараси кўп жиҳатдан раҳбар кадрлар, айниқса, маҳаллий ҳокимларнинг билим ва тажрибаси, сиёсий савияси ва маданиятига боғлиқ. Шу маънода, Президентнинг жойлардаги вакиллари бўлган ҳокимларнинг иш фаолияти Сизни қониқтирадими?

Жавоб. Мен бу ҳақда ўтган йили Олий Мажлисга йўллаган Мурожаатномада ҳам алоҳида тўхталиб ўтган эдим. Нафақат ҳокимлар, балки барча бўғиндаги аксарият катта-кичик раҳбарларда билим ва тажриба, ташкилотчилик салоҳияти, эл-юрт иши учун фидойилик туйғусининг етишмаслиги мени қийнайдиган энг мураккаб масаладир.

Тўғри айтдингиз, жойларда ислоҳотларнинг самарали амалга оширилиши биринчи навбатда ҳокимларга, уларнинг билим ва тажрибаси, ишбилармонлик хусусиятларига боғлиқ. Энг муҳими, улар одамларнинг ишончини қозонган бўлиши шарт. Аҳоли жойлардаги раҳбарларга, уларнинг иши, хизмат ва муомала маданияти, сиёсий, ҳуқуқий ва ахлоқий савиясига қараб, давлат ҳокимиятига баҳо беради. Лекин очиқ айтадиган бўлсак, ҳокимлар, умуман, қуйи бўғиндаги раҳбарларнинг барчаси ҳам эл-юрт ўртасида етарли обрў-эътиборга эга эмас.

Афсуски, кўпчилик раҳбарлар халқнинг ичига кириб, одамларнинг дарду ташвишлари билан яшашни қандайдир иккинчи даражали иш, деб ҳисоблайди. Шунинг учун ҳам улар кўп-кўп масалаларда заиф ва ожиз бўлиб қолмоқда.

Аслида халқ билан мулоқот, доимо инсонлар ташвиши ва муаммоларини ўйлаб яшаш ҳар қандай раҳбар учун биринчи ва муқаддас вазифа бўлиши шарт. Раҳбарлик ва бошқарув маданияти, ҳаётий билим ва тажрибалар қаердан бошланади? Халқ билан бевосита мулоқот қилишдан бошланади. Айниқса, қуйи поғонадаги раҳбарлар ўз дунёқарашини ўзгартириб, оддий фуқарога елкадош бўлиб, тадбиркорга дўст бўлиб ишламаса, биз қанчалик кўп куч ва маблағ сарфламайлик, фармон ва қарорлар қабул қилиб, шароит яратмайлик, жойларда ислоҳотларимизнинг олдинга юриши қийин бўлади.

Яширишнинг ҳожати йўқ – жуда оғир, таҳликали ва шафқатсиз рақобат замонида яшаяпмиз. Дунё шундай шиддат билан ўзгаряптики, кечаги сиёсий-иқтисодий таҳлил ва башоратлар бугунги кунга тўғри келмаяпти. Ўзаро қарама-қаршилик, “савдо урушлари”, экологик муаммолар кучайиб бормоқда. Ана шундай мураккаб шароитда эл-юрт билан ҳамдард, ҳамнафас бўлиб яшамайдиган, ҳаётнинг ўзи тақозо этаётган оддий ҳақиқатларни тушунмайдиган мансабдорларнинг раҳбар сифатида келажаги йўқ. Уларга бирон-бир масъулиятли вазифани ишониб ҳам бўлмайди.

Бир пайтлар мен ҳам ҳоким бўлиб ишлаганман. У вақтлардаги шароитни ҳозирги имкониятлар билан мутлақо солиштириб бўлмайди. Кўп-кўп масалаларда қўл-оёғимиз боғланган эди, ҳамма нарсани “тепа”нинг қош-қовоғига қараб бажаришга тўғри келарди. Энг ёмони, қуйи бўғиндаги муаммолар бўйича юқори идоралардаги салқин кабинетларда ўтирган, қишлоқ ёки овулларда қийналиб яшаётган одамларнинг дарду ташвишларидан бутунлай йироқ бўлган, жойларда аҳвол қандай эканини тасаввур ҳам қилолмайдиган валломатлар қарор қабул қиларди.

Бугун эса ҳокимлар мустақил қарор қабул қилиб, мустақил иш олиб бориш ваколатига эга. Улардан илгаригидек ҳар бир қадамини Тошкентда, марказий идоралардаги мутасаддилар билан келишиш, бўлар-бўлмасга ижозат сўраш талаб этилмайди.

Ҳоким, раҳбар инсон сифатида, ниманидир билмаслиги ёки кўздан қочириши, хатога йўл қўйиши мумкин, буни тушунса бўлади, лекин у ана шу хатоларини тан олмаса, уларни тузатишни истамаса, ўқиб-ўрганишга, янгича ишлашга, ўз билим ва тажрибасини оширишга интилмаса, манфаатпарастлик ва маишатга берилган бўлса, бу ҳолатни мутлақо кечириб бўлмайди.

Менинг асосий талабим – одамларни тушуниш, уларнинг қувончу ташвишлари билан яшаш, ён-атрофдаги вазиятга оддий халқнинг кўзи билан қараш ва баҳо бериш, эл-улусдан ажралиб қолмаслик керак. Шундагина ҳудуд ёки тармоқни бошқариш ва муҳим қарорлар қабул қилишда аниқ самара бўлади.

Ҳар бир раҳбарнинг фаолият мезони – бу халқнинг орзу-умидларини ўзи учун асосий мақсад қилиб, уларни изчиллик билан рўёбга чиқаришдан иборат.

Ҳоким ва вазирларимиз, компания ва банкларимиз раҳбарлари орасида фаол, ишнинг кўзини биладиган, чуқур фикрлайдиган янги авлод вакиллари етишиб келаётгани мени қувонтиради. Улар халқ билан очиқ мулоқот қилмоқда, ташаббус кўрсатмоқда, юқоридан кўрсатма кутиб ўтирмасдан, мустақил ва дадил иш олиб бормоқда.

Афсуски, баъзи етакчи ва мутасаддилар манманликка берилиб, ҳаволаниб, оёғи ердан узилганини билмай қолади. Бу – улар учун ҳақиқий фожиа. Албатта, бундай раҳбарларга бизнинг сафимизда ўрин бўлиши мумкин эмас. Бу нафақат Президентнинг, айни пайтда халқимизнинг, ҳаётнинг талабидир.

Савол. Сиз давлат раҳбари учун халқ билан тўғридан-тўғри мулоқотда бўлиш ўта муҳим аҳамиятга эга эканини доимо таъкидлаб келасиз. Лекин ҳаётда барча масалалар бўйича халқ билан гаплашиш, унинг фикрини олиш имкони борми? Сиз ана шундай “бўшлиқ”ни тўлдиришга қандай эришасиз?

Жавоб. Мен Президент сифатида иш бошлаган биринчи кунларданоқ ўз командамни ҳақиқий ҳолатга мутлақо алоқаси бўлмаган баландпарвоз гаплар ва “чиройли” рақамларни ёқтирмаслигимни айтиб, қаттиқ огоҳлантирганман.

Қанчалик аччиқ ва ноқулай бўлмасин, мен фақат тўғри ва ҳаққоний маълумотни билишни истайман. Бу мен учун тўғри қарорлар қабул қилишга ёрдам беради.

Албатта, бу талабни ҳамма ҳам тушуниб етгани йўқ, ҳалиям эскича усулда маълумот беришга уринишлар бўлиб туради. Лекин мен бундай ҳолатларга йўл қўймасликка ҳаракат қиламан. Ана шу ҳақиқатни тушунмаганларнинг кўпчилиги билан хайрлашдик ва бу масалада талаб доимо қаттиқ бўлади.

Халқимиз, Ватанимиз манфаатлари, жамиятимизнинг келажаги, фарзандларимизнинг бахтини таъминлашга қаратилган бугунги ислоҳот жараёнларининг ўзи шуни талаб этмоқда. Бу борада бошқача йўл тутишга ҳаққимиз йўқ.

Яна бир бор айтаман, раҳбар ва мутасадди шахслар ўртасида кимки ана шу ўткир талабни тушунмаса, қанчалик оғир бўлмасин, улар билан хайрлашамиз.

Менинг мамлакатимиз бўйлаб амалга оширадиган ҳар бир ташрифимдан асосий мақсад – халқ қандай яшаётгани, нима билан нафас олаётганини билишдан иборат. Бу – ўта муҳим масала. Шунинг учун кўп ҳолларда сафар давомида йўналишни тўсатдан ўзгартиришимга тўғри келади. Бундай кутилмаган, ҳеч қандай протоколда қайд этилмаган “маршрут”лар жойлардаги раҳбарларни бўшашмасдан, доимо ишчан ҳолатда туришга ўргатади, деб ўйлайман.

Афсуски, неча бор айтишим, огоҳлантиришимга қарамасдан, жойларда фақат менинг ташрифим олдидан кўча ва майдонларни тозалаш, бир кечада бинолар олдида “майсазор” ва “гулзор”лар пайдо қилиш, умуман, ҳақиқий ҳолатни бўяб кўрсатишдек хўжакўрсин ишлар давом этмоқда. Кўзбўямачилик, одамларни қийнаш, сохта ва баландпарвоз гапларга ўчлик йиллар давомида баъзи раҳбарларнинг қон-қонига шу қадар сингиб кетган эканки, улардан қутулиш қийин бўляпти. Лекин қандай бўлмасин, бу каби иллатларга бутунлай чек қўйишимиз керак. Чунки бундай ҳолатлар ростгўй, сохта гап ва ишни умуман қабул қилмайдиган халқимизнинг асл табиатига мутлақо ётдир.

Маҳаллий ҳокимият идораларининг иши Президент келиб кетиши билан тугамасдан, аксинча, ташрифдан кейин янгитдан бошланиши, ҳатто олдингидан ҳам кўпайиши лозим. Шундагина ишимизда суръат ва сифат бўлади, натижа учун ишлашга ўрганамиз. Илгари ҳокимлар ташрифдан ташрифгача бўлган вақт оралиғида бамайлихотир, таъбир жоиз бўлса, ялло қилиб юрарди, энди эса улар ўз олдига аниқ мақсад ва вазифа қўйиб, халқ билан маслаҳат асосида астойдил ишламоқда. Чунки улар билади: Президент келгуси сафар албатта ҳар бир масала бўйича аниқ натижани сўрайди.

Биз мамлакатимиз тараққиётининг бугунги янги босқичида олдимизда турган долзарб вазифаларни тезкор ҳал қилишда вазирликлар, давлат қўмиталари, давлат бошқарувининг бошқа органлари ва хўжалик бирлашмалари раҳбарлари ўринбосарларининг шахсий масъулияти ва жавобгарлигини кучайтириш, вазифа ва ваколатларини аниқ белгилаш, шунингдек, уларнинг фаолияти самарадорлигини ошириш бўйича янги тизимни жорий этишга алоҳида аҳамият бермоқдамиз. Шу мақсадда махсус қарор ҳам қабул қилдик. Юқорида айтиб ўтилган тоифага мансуб раҳбарларнинг ўринбосарлари ўзларига бириктирилган тармоқ ва соҳалардаги фаолиятининг самарадорлиги юзасидан Ўзбекистон Республикаси Президенти олдида шахсан жавобгар ҳамда Вазирлар Маҳкамаси олдида ҳисобдор экани белгилаб қўйилди. Бошқача айтганда, турли бўғиндаги раҳбар ўринбосарлари ўз бошлиғининг соясида юрадиган вақт ўтди. Энди улар ҳам аниқ вазифалар учун жавоб беради. Шахсий масъулият ва жавобгарлик барча бошқарув идоралари ходимлари учун бош мезон бўлади.

Ҳозирги кунда одамларни қийнаётган муаммоларни жойларда, маҳалланинг ўзида ҳал этишга алоҳида эътибор беряпмиз. Вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари ҳафтада икки кунни фуқароларни қабул қилишга ажратмоқда. Шунингдек, кунлик қабуллар ўтказиш тизими йўлга қўйилмоқда.

Умуман, ҳар бир ҳокимнинг кабинети “Халқ қабулхонаси”га айланиши лозим. Шунда ҳар қайси раҳбар ҳудуддаги ҳақиқий аҳволдан тўла хабардор бўлади, ишида унум ва самарага эришади.

Албатта, бугунги кунда одамларни қандай масала ва муаммолар ўйлантираётгани, ташвишга солаётганини яқиндан билишда ёрдам берадиган очиқ манбалар, ахборот тармоқлари кўп. Айниқса, телевидение, матбуот, Интернет ҳаёт нафасини, таъбир жоиз бўлса, ҳар бир соҳанинг “юрак уриши”ни аниқ-равшан ҳис қилишда муҳим аҳамиятга эга. Шахсан ўзим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда берилаётган янгиликлар, улар орқали билдирилаётган долзарб фикрлар, жамоатчиликнинг диққат-эътиборини тортаётган воқеа-ҳодисалар билан имкон қадар бевосита танишиб боришга ҳаракат қиламан.

Бир сўз билан айтганда, замонавий ахборот технологиялари ривожланган бизнинг давримизда реал ҳаётдан бутунлай узилиб қолиш мумкин эмас. Шунга қарамасдан, халқ билан турли кўринишдаги, дейлик, бу режадаги тадбир бўладими ёки маҳалла, туман, қайсидир муассасага кутилмаган ҳолатда кириб бориш орқали бўладими, умуман, бевосита мулоқот ҳамиша керак, деб ҳисоблайман.

Фуқаролар, кенг жамоатчилик томонидан қизғин муҳокама қилинаётган барча муаммолар эътибор қаратишни талаб этади. Уларни инкор қилиш мумкин ҳам эмас. Албатта, жамиятдаги қонун бузилиши, адолатсизлик, инсон ҳуқуқларига беписанд муносабат, коррупция билан боғлиқ ҳолатларга бепарво қараб бўлмайди. Тизимли тус олган ёки жузъий муаммо бўладими, уларнинг барчасига дарҳол муносабат билдириб, тагига етиш ва ҳал этиш зарур.

Масалан, кейинги йилларда туб ислоҳотлар даврига қадам қўйган мамлакатимизда тараққиёт кушандаси бўлган иллат – коррупцияга қарши изчил кураш олиб борилмоқда. Мисолларга мурожаат қиладиган бўлсак, 2020 йилда турли даражадаги мансабдорлар томонидан содир этилган жиноятлар учун 1723 шахс жиноий жавобгарликка тортилган. Улар томонидан етказилган зарар 500 миллиард сўмни ташкил этган. 2021 йилнинг беш ойида эса 1696 нафар мансабдорга нисбатан жиноий иш очилган. Етказилган зарар 450 миллиард сўмни ташкил этмоқда.

Ҳеч шубҳасиз, бу моддий зарарлар айбдорлардан ундириб олинади. Коррупция балосини жамиятимиз ҳаётидан йўқ қилишга қаратилган сиёсат келгусида ҳам қатъий давом эттирилади.

Савол. Юртимизда аҳоли учун энг долзарб ва ўткир ҳаётий масала бўлган замонавий тураржойлар, жумладан, арзон уй-жойлар қуришга алоҳида эътибор берилмоқда. Бу йўналишдаги ишларнинг кўлами истиқболда қандай бўлади?

Жавоб. Мамлакатимизда кейинги йилларда замонавий уй-жойлар қуриш бўйича янги давр бошланди, деб бемалол айтиш мумкин. Бунинг тасдиғини сўнгги тўрт йилда аввалги йилларга нисбатан 4-5 баробар кўп уй-жойлар барпо этилгани, бу йилнинг ўзида 54 минг оилани янги уй-жойлар билан таъминлаш бўйича кенг кўламдаги қурилиш ишлари олиб борилаётгани мисолида яққол кўриш мумкин.

Биз ўз олдимизга қўйган эзгу мақсад – халқимизни рози қилиш йўлидаги улкан вазифалар, ислоҳотларимиз, қолаверса, бугунги ҳаётнинг ўзи замонавий уй-жойлар қуриш суръати ва сифатини янада оширишни талаб этмоқда.

Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, биз илгари уй-жой қурилишига замон талабларидан келиб чиқиб, бундай кенг ёндашмаганмиз ва ҳозиргидек кенг кўламдаги қурилиш ишларини амалга оширмаганмиз.

Биз бу йўлда дастлабки қадамларни қўйиб, катта тажриба орттирмоқдамиз. Барча ҳудудларимизда аҳоли учун қулай ва шинам, барча замонавий шароитларга эга бўлган уй-жойлар барпо этилмоқда. Ипотека бозори ривожланмоқда. Ҳаётимизга “арзон уй-жойлар”, “ақлли уй”, “ақлли шаҳар”, “рақамли хизматлар” деган янги тушунча ва кўникмалар кириб келмоқда.

Келгусида уй-жой фондини шундай даражага олиб чиқишимиз керакки, аҳолининг барча қатламлари уй-жой сотиб олиш ва бу борада танлаш имконига эга бўлиши лозим.

Албатта, бу борада турли муаммолар ҳам мавжуд ва биз уларни жойлардаги маҳаллий бошқарув органлари билан биргаликда ҳал этяпмиз.

Мисол учун, кўпқаватли уйлар оралиғидаги бўш жойларда қурилишлар қилиш, мораторий эълон қилинганига қарамасдан, дарахтларни кесиш, яшил ҳудудларни камайтириш ҳолатлари кўпчиликни ранжитмоқда. Баъзи раҳбарларнинг бепарволиги ёки манфаатпарастлиги туфайли тураржой мавзеларида одамлар сайр қиладиган, спорт билан шуғулланадиган, фарзандлари билан бирга тоза ҳавода дам оладиган очиқ жойнинг ўзи қолмаяпти.

Албатта, биз бундай ҳолатларга нисбатан қатъий чоралар кўрмасдан туролмаймиз. Шунинг учун ҳам Тошкентда ва бошқа йирик шаҳарларда янги қурилишларни шаҳар ташқарисидаги ҳудудларда амалга ошириш чоралари белгиланмоқда. Тураржой мавзелари ичида коммунал инфратузилмалар – газ, электр энергияси, ичимлик суви ва канализация тармоқларини модернизация қилмасдан, янги бинолар қуриш амалиётига барҳам берилди.

Савол. Мамлакатимизда ёшларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, уларнинг таълим олиши, меҳнат қилиши, билим ва қобилиятини рўёбга чиқариши учун зарур шароитлар яратилмоқда. Юртимизда 2021 йилнинг “Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили”, деб эълон қилингани бунинг яна бир амалий ифодаси бўлди. Янги Ўзбекистонни бунёд этиш жараёнида ёшларнинг ўрни ва асосий вазифалари нималардан иборат, деб биласиз?

Жавоб. Ёшлар – халқимизнинг асосий таянчи ва суянчи. Кенг кўламли ислоҳотларимизни самарали амалга оширишда улар ҳал қилувчи куч бўлиб майдонга чиқмоқда. Айнан замонавий билим олган, илғор касб-ҳунарларни, инновацион технологияларни, хорижий тилларни пухта эгаллаган ўғил-қизларимиз мамлакатимизни янада тараққий эттиришда етакчи ўрин тутади.

Маълумки, ёшлар янгича фикрлашга, янги-янги ғояларни дадил ўртага ташлаб, уларни амалга оширишга, муаммоларни ижодий ва ностандарт ёндашувлар асосида ҳал этишга мойил бўлади. Шунинг учун ҳозирги кунда ёш авлод вакилларининг билим олиши, илм-фан, инновациялар, адабиёт, санъат ва спорт соҳасидаги истеъдод ва салоҳиятини юзага чиқариши, уларнинг жамиятимизнинг ижтимоий-сиёсий ҳаётида фаол иштирок этиши учун барча шароитларни яратишга устувор аҳамият бермоқдамиз.

Имом Бухорий бобомиз тўплаган муборак ҳадислардан бирида: “Ёшликда ўрганилган илм тошга ўйилган нақш кабидир”, деб айтилади.

Буюк алломаларимиз ана шундай ҳикматларга амал қилиб, илм-фан соҳасида буюк кашфиётларни амалга оширганлари ва умумбашарий тафаккур ривожига беқиёс ҳисса қўшганлари тарихдан яхши маълум.

Ана шундай қутлуғ анъаналарни давом эттириб, юртимизда янги хоразмийлар, фарғонийлар, берунийлар, ибн синолар, мирзо улуғбеклар, навоийларни тарбиялаб етказиш – нафақат вазифамиз, балки тарих ва келажак олдидаги муқаддас бурчимиздир.

Биз бу йўлда катта ишларни бошладик. Мамлакатимизда юқори билим ва малакага эга бўлган, рақобатдош кадрлар тайёрлаш мақсадида олийгоҳлар сони 141 тага етказилди, 26 та хорижий олий таълим муассасасининг филиаллари очилди. Ҳолбуки, 2016 йилда республикамиздаги олийгоҳларнинг сони 77 та эди. Қисқа муддатда бу борада қарийб икки баробар ўсишга эришганимиз, ҳеч шубҳасиз, ёшларимиз, бутун жамиятимизнинг интеллектуал салоҳиятини ошириш, замонавий билим, касб-ҳунарларга янада яқинлаштириш йўлидаги ҳаракатларимиз натижасидир.

Кейинги беш йилда олий таълимга қабул квотаси 3 баробар оширилиб, жорий йилда 182 минг нафар ёшлар учун талаба бўлиш имконияти яратилди. Бу – умумий қамров 28 фоизга етди, деганидир. Ўзингиз қиёслаб кўринг, 4 йил аввал бу рақам атиги 9 фоизни ташкил этарди. Бу борада давлат грантлари 21 мингтадан 47 мингтага кўпайтирилгани, ўтган йилги тажрибамизни янги босқичга кўтариб, эҳтиёжманд оилаларга мансуб 2 минг нафар қизларга бу йил олийгоҳларга кириш учун алоҳида грантлар ажратилгани ёшларимиз келажагини таъминлашга қаратилган амалий эътиборимиз намунасидир.

Биз 2030 йилга қадар мактаб, лицей ва коллеж  битирувчиларини олий таълим билан қамраб олиш даражасини 50 фоизга етказишни режа қилганмиз ва бунга албатта эришамиз.

Бу йил Тошкент шаҳрида энг юксак халқаро талабларга жавоб берадиган “Янги Ўзбекистон” университети ташкил этилди. Ушбу университет мамлакатимиздаги барча олий ўқув юртлари учун намуна бўлади. Энг билимли ва истеъдодли ёшларимиз шу ерда ўқийди.

Биз узлуксиз миллий таълим-тарбия тизимининг барча босқичларини уйғун ва мутаносиб ривожлантиришга алоҳида эътибор бермоқдамиз. Охирги тўрт йилда болаларимизни мактабгача таълим билан қамраб олиш даражаси илгариги 27,7 фоиздан 2 баробар ортиб, 60 фоизга етгани, боғчалар сони эса 3 марта кўпайиб, 14 мингдан ошгани ана шундай ислоҳотларимиз натижасидир.

Ҳозирги вақтда юртимизда “Янги Ўзбекистон мактаб остонасидан бошланади” деган ғоя асосида мактаб таълими тизимида ҳам катта ўзгаришлар амалга оширилмоқда. Тошкент шаҳрида ва ҳудудларимизда Президент мактаблари, ижод ва ихтисослашган мактаблар сони кўпайиб бормоқда.

“Беш муҳим ташаббус” дастури, “Баркамол авлод” марказлари доирасида ёшларнинг бўш вақтини мазмунли ўтказиш учун бу йилнинг ўзида 36 мингта қўшимча тўгарак ташкил этилиб, 874 мингга яқин бола уларга жалб этилди. Шунингдек, таълим муассасалари, кутубхона ва ўқув марказларига қарийб 100 мингта санъат ва спорт инвентарлари, компьютерлар, 600 мингга яқин китоб етказиб берилди.

Айниқса, навқирон ўғил-қизларимизнинг тадбиркорлик соҳасидаги ғоя ва ташаббусларини рўёбга чиқариш, уларни иш ва даромад манбаи билан таъминлашга давлат миқёсида катта аҳамият берилмоқда. Ана шундай эътибор туфайли сўнгги тўрт йилда 30 ёшгача бўлган тадбиркорлар сони 5 баробар кўпайиб, 500 мингдан ошгани, ҳеч шубҳасиз, ушбу соҳа ривожида муҳим роль ўйнамоқда. Бу йилнинг ўзида 92 мингдан зиёд ёшларнинг тадбиркорлик лойиҳалари учун 2 триллион 300 миллиард сўм имтиёзли кредитлар ажратилгани бундай ёшларимиз сафини янада кенгайтиришга хизмат қилади.

Маҳаллаларда ташкил этилаётган касб-ҳунарга ўқитиш курсларида минглаб ўғил-қизларимиз меҳнат бозорида талаб юқори бўлган замонавий касб-ҳунарларни эгалламоқда.

Бу йилдан бошлаб, ҳар бир туманнинг имконияти ва ривожланиш йўналишидан келиб чиқиб, қишлоқларда ёшларга 10 сотихдан 1  гектаргача ер майдонлари ажратиш бошланди. Натижада қишлоқда яшаётган 230 мингдан ортиқ ёшга 61 минг гектар ер майдони ажратиб берилди. Шунингдек, ғалладан бўшаган ерлардан яна 75 минг гектари 170 минг нафар ёшларга такрорий экинлар экиш учун ажратилди.

Ёшлар ўртасида камбағалликни камайтириш, уларни ўзини ўзи банд қилишга рағбатлантиришда “Ёшлар дафтари”, ёшлар дастурлари доирасида амалга оширилаётган ишларимиз муҳим аҳамиятга эга бўлмоқда. Шу йилнинг 8 ойи мобайнида “Ёшлар дафтари”га киритилган 430 минг нафар йигит-қизнинг муаммоларини ҳал этиш учун 300 миллиард сўм маблағ йўналтирилди. Жумладан, “Темир дафтар”даги оилалар фарзандлари бўлган 2 мингдан зиёд талабанинг контракт пуллари тўлаб берилди.

Бу йилдан бошлаб иш берувчиларга уларнинг 25 ёшдан ошмаган ишчи-ходимлари учун ҳисобланган ижтимоий солиқ миқдорини бюджетдан тўлиқ қайтариб бериш тартиби жорий қилинди. Натижада жорий йилнинг иккинчи ярмида 170 миллиард сўм, келгуси йилда эса 500 миллиард сўм маблағ 240 минг нафар ёшни ишга қабул қилган тадбиркорлар ихтиёрида қолади.

Талаба ёшларни қўллаб-қувватлашга қаратилган янги тизим асосида ётоқхона билан таъминланмаган 62 минг нафар ўғил-қизларимизга ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджетдан тўлаб берилди.

Албатта, бу борадаги ишларимиз нафақат изчил давом эттирилмоқда, балки янада юқори босқичга кўтарилмоқда. Шу мақсадда 2021 йил 13 июлда қабул қилинган “Ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва уларнинг ижтимоий фаоллигини оширишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги фармон бу фикрни тасдиқлайди.

Мазкур ҳужжатда мамлакатимиз ёшлари учун қўшимча 30 дан ортиқ янги имтиёз ва имкониятлар яратиш кўзда тутилган. Ана шундай имкониятлардан фақат биттаси ҳақида фикр юритмоқчиман. “Темир дафтар”га киритилган оилаларнинг олийгоҳларда таълим олаётган фарзандларининг 2021-2022 ўқув йилидаги контракт пули биринчи ўқув йили учун Давлат бюджети ҳисобидан тўлаб берилади. Бундай имкониятдан юртимиз бўйича 4 мингдан зиёд оилалар фарзандлари фойдаланади. Бунинг учун бюджетдан 29,2 миллиард сўм ажратилади.

Юртимизда ота-онасидан ажраган, меҳрга муҳтож болаларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг таълим-тарбия олиши, иш жойи ва уйига эга бўлиши, жамиятда муносиб ўрин топиши, “Меҳрибонлик уйлари”, махсус мактаб-интернатлар ва “Болалар шаҳарчаси”нинг моддий-техник базаси, кадрлар салоҳиятини мустаҳкамлашга жиддий эътибор берилмоқда.

        

Айниқса, “Меҳрибонлик уйлари”даги болаларни оилага яқин муҳитда тарбиялаш, билимли, касб-ҳунарли ва маънавиятли, ватанпарвар инсонлар этиб вояга етказиш – ҳаммамизнинг муқаддас бурчимиз. Шуларнинг барчасини ҳисобга олиб, “Меҳрибонлик уйлари” ва махсус мактаб-интернатларда таълим-тарбия самарадорлигини ошириш бўйича янги тизимни жорий этмоқдамиз.

Ана шундай ўқув-тарбия муассасалари тарбияланувчиларининг муаммоларини ўрганиш ҳамда ҳал этиш, уларнинг орзу-истакларини рўёбга чиқариш бўйича янги тизим – “Меҳр дафтари” жорий этилмоқда. Шунингдек, етим ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни уй-жой билан таъминлаш тартиби белгиланди. Унга кўра, ўзига бириктирилган уй-жойга эга бўлмаган ва тураржойга муҳтож сифатида ҳисобда турган ана шундай болаларга улар 18 ёшга тўлган йили умумий майдони 25 квадрат метрдан кам бўлмаган 1 хонали, вояга етган болалар ўртасида никоҳ тузилган ҳолатларда эса 50 квадрат метрдан кам бўлмаган 2 хонали квартиралар ажратилади.

Ўйлайманки, инсонпарварлик руҳи билан йўғрилган бундай ислоҳотларимиз буюк Алишер Навоий бобомизнинг битта кўнгли ўксик одамни хурсанд қилиш – Каъбани обод этиш билан баробар, деган теран маъноли сўзларига, меҳр-оқибат, саховат ва олижаноблик каби фазилатларни доимо қадрлаб, улуғлаб яшайдиган халқимизнинг орзу-интилишларига ҳар томонлама уйғун ва ҳамоҳангдир.

Мен юртимизнинг қайси ҳудуди, шаҳар ва қишлоғида бўлмайин, албатта у ердаги ёшлар билан учрашаман. Очиқ ва самимий суҳбатларда уларнинг соғлиги, ўқиши, орзу-интилишлари, қишлоғи ёки маҳалласидаги шарт-шароитлар билан қизиқаман.

Биласизми, дунёдаги давлатлар, халқларнинг ривожланиш даражасини кўрсатадиган мезонлар, параметрлар кўп. Лекин мен учун шу борадаги энг муҳим мезон – бу ёшларимизнинг бахти, камолидир.

Янги Ўзбекистоннинг нафаси, суръати ва шиддатини аввало азиз ўғил-қизларимизнинг азму шижоати, дадил фикр ва таклифларида, эришаётган дастлабки ютуқларида кўраман.

Яқинда 30 июнь – Ёшлар кунида навқирон авлодимиз вакиллари билан яна бир бор учрашиб, уларнинг турли соҳалардаги изланишларини кўриб жуда хурсанд бўлдим.

Ишончим комилки, фарзандлари доимо изланиш ва интилишда бўлган, юксак марраларни кўзлаб, олдинга қараб интиладиган халқ ва давлат ўз олдига қўйган мақсадларга албатта етади. Чунки бундай ҳаракатлар эртага қудратли тўлқинга айланиб, ҳаётимизни бугун кечагидан, эртага бугунгидан яхши ва обод қилиш, онгу тафаккуримизни юксалтиришга олиб келади.

Савол. Мамлакатимизда кейинги йилларда инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш борасида эришилаётган ютуқлар ҳақида сўз борганда, хотин-қизларнинг ўқиши, билим олиши, меҳнат қилиши, уларнинг соғлигини сақлаш, истеъдод ва қобилиятини рўёбга чиқариш, оналик ва болаликни ҳимоя қилиш, гендер тенглик бўйича амалга оширилаётган кенг кўламли ишлар биринчи навбатда тилга олинмоқда. Бунинг сабаби нимада?

Жавоб. Бунинг сабаби оддий, албатта. Чунки дунёдаги ҳар қандай халқ, давлат ва жамиятнинг тараққиёт ва маданият даражаси аввало уларнинг хотин-қизларга бўлган муносабати билан белгиланади.

Аёл бор экан, оила деган муқаддас қўрғон, фарзанд деган бебаҳо неъмат бор. Аёлларимиз бахтли бўлса албатта оиламиз, жамиятимиз ҳам бахтли бўлади.

Хотин-қизлар барча соҳа ва тармоқларда эркаклар билан тенг ҳуқуққа эга бўлиб, юксак ҳурмат-эҳтиромда яшаган мамлакатда албатта тинчлик ва ҳамжиҳатлик, ўсиш ва юксалиш бўлади.

Шунинг учун ҳам биз учун буюк Она тимсоли бўлган аёл зотини халқимиз азал-азалдан улуғлаб, эъзозлайди.

Одамзотга асрлар давомида меҳр туйғусини сингдириб, уни гўзаллик, вафо ва садоқат, ватанпарварлик руҳида тарбиялаб келаётган азиз ва мукаррам зот ҳам оналаримиздир.

Бу ҳаётда нимага, қандай ютуқ ва натижаларга эришган бўлсак, уларнинг барчаси мунис ва меҳрибон оналаримиз туфайлидир. Шунинг учун биз хотин-қизларимиз олдида доимо қарздорлик ҳисси билан яшаймиз. Уларга ҳар қанча меҳр ва эътибор кўрсатсак, арзийди.

Юртимиз аҳолисининг қарийб ярмини ташкил этадиган муҳтарама оналар, опа-сингилларимизнинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, хотин-қизларнинг жамиятдаги ўрни ва нуфузини ошириш борасида давлат сиёсатини олиб боришда биз айнан ана шундай қадриятларга таянамиз.

Кейинги йилларда бу муҳим масаланинг амалий ижросига қаратилган 24 та ҳужжат, жумладан, 2 та қонун, Президентнинг 6 та фармон ва қарори, Вазирлар Маҳкамасининг 16 та қарори қабул қилингани опа-сингилларимизга бўлган юксак эътибор ва ғамхўрлик ифодасидир.

Ҳурматли аёлларимиз ҳаётимизнинг барча соҳа ва тармоқларида фаол иштирок этиб, Янги Ўзбекистонни барпо этишга беқиёс ҳисса қўшмоқдалар. Уларнинг орасида депутат ва сенаторлар, вазир ва ҳокимлар, академиклар, профессорлар, Ўзбекистон Қаҳрамонлари, Халқ ўқитувчилари, Халқ шоирлари, Халқ артистлари борлигини барчамиз яхши биламиз.

Бугунги кунда мамлакатимизда Гендер тенгликни таъминлаш бўйича комиссия, Олий Мажлис Сенатининг Хотин-қизлар ва гендер тенглик масалалари қўмитаси, Республика Хотин-қизлар жамоатчилик кенгаши каби тузилмалар опа-сингилларимизнинг манфаатларини ҳимоя қилишда муҳим роль ўйнамоқда.

Мамлакатимизда хотин-қизларни иш ўринлари, уй-жой билан таъминлаш, уларга тиббий хизмат кўрсатиш сифатини яхшилаш масалаларига алоҳида эътибор берилмоқда. Бу борада аёлларни касб-ҳунарларга қайта ўқитиш марказлари жорий этилгани, арзон уй-жойлар дастури амалга оширилаётгани муҳим аҳамиятга эгадир. Ҳар йили оғир турмуш шароитида яшаётган аёлларнинг уй-жой бўйича бошланғич бадаллари давлат бюджети ҳисобидан тўлаб берилмоқда.

Жамият ҳаётида фаол иштирок этаётган, турли соҳаларда ибратли натижаларга эришаётган, соғлом ва баркамол авлодни тарбиялашга муносиб ҳисса қўшаётган опа-сингилларимиз 8 март – Халқаро хотин-қизлар байрами, Мустақиллик куни, турли касб байрамлари муносабати билан давлатимизнинг юксак мукофотлари, шунингдек, “Мўътабар аёл” кўкрак нишони билан тақдирланмоқда.

Зулфия номидаги давлат мукофоти билан тақдирланган қизларнинг сони 367 нафарга етгани ҳам ана шундай ишларимиз қаторига киради.

Суҳбатимиз бошида айтилганидек, “Аёллар дафтари” тизими асосида хотин-қизлар ўртасида камбағаллик ва ишсизликни тугатиш бўйича изчил иш олиб борилмоқда.

Савол. Юртимизда хонадонларимизнинг файзу фариштаси бўлган кекса авлод вакиллари, муҳтарам фахрийларимизга алоҳида меҳр ва ғамхўрлик кўрсатиб келинмоқда. Бу борадаги амалий ишларнинг келгуси ривожи ҳақида ҳам фикрингизни билмоқчи эдик.

Жавоб. Мен ҳар доим бугунги тинч-осойишта, эркин ва фаровон ҳаётимиз ҳақида ўйлаганимда, бундай ёруғ кунларга етиб келишда қанча-қанча авлод вакиллари, ота-боболаримиз тинимсиз меҳнат қилганлари, ўз бошига тушган барча синов ва машаққатларни сабр-матонат билан енгиб ўтганларини чуқур миннатдорлик билан эслайман. Улар ўзлари қийналиб бўлса ҳам бизни шундай тинч ва дориломон кунларга етказганлари – бу ҳеч нарса билан ўлчаб, баҳолаб бўлмайдиган улкан жасорат, фидойилик ва қаҳрамонликдир.

Шунинг учун бундай мард ва олижаноб аждодларимиздан ўтганларининг хотирасини улуғлаб, ҳамиша чуқур ҳурмат-эҳтиром билан ёд этиш, бугун орамизда яшаб келаётган муҳтарам нуронийларимизни ҳар томонлама ардоқлаш – муқаддас бурчимиздир.

Энг муҳими, бундай савобли ишларимиз ёшларимиз учун ҳам тарбия ва ибрат мактабига айланади.

Албатта, сиз, журналистларга яхши маълум – юртимизда кекса авлод вакилларини қўллаб-қувватлаш, уларнинг мазмунли умр кечириши учун зарур шароитларни яратиш борасида катта ишлар қилинмоқда. Хусусан, пенсия ва нафақаларни расмийлаштириш, уларни ўз вақтида тўлаш, турли ижтимоий хизматлардан фойдаланиш билан боғлиқ қийинчилик ва муаммолар бартараф этилди. Жамиятимиз ҳаётида фаол иштирок этиб келаётган отахон ва онахонларимиз “Нуроний” жамғармаси томонидан моддий ва маънавий рағбатлантирилмоқда.

Кекса авлод вакилларининг саломатлигини асраш, уларга республикамиздаги турли санатория ва дам олиш уйларига имтиёзли йўлланмалар бериш, байрам кунларида уларни алоҳида қутлаб-табриклаш, доимий иззат-ҳурмат кўрсатиш эзгу анъанага айланиб бормоқда.

Такрор айтаман, ўз вақтида бор куч-ғайрати, билим ва салоҳиятини Ватанимиз равнақи, халқимиз фаровонлиги учун бағишлаган бундай табаррук инсонлар олдида биз бир умр қарздормиз. Муҳтарам нуронийларимизнинг ҳаётини янада файзли қилиш, улар ўзларининг бой тажрибаси, фойдали маслаҳатлари билан ижтимоий ҳаётимизда, айниқса, Янги Ўзбекистон ёшларини тарбиялашда янада фаол иштирок этишлари учун қўшимча имкониятлар яратамиз.

Бу масалаларга алоҳида урғу бериб гапираётганим албатта бежиз эмас. Биз Янги Ўзбекистонни барпо этиш жараёнида халқимизни рози қилишни ўз олдимизга улуғ мақсад қилиб қўйган эканмиз, буни жамиятимизнинг ҳар бир аъзоси ўз ҳаётида сезиши, ҳис этиши биз учун ғоят муҳимдир.

Ҳозирги кунда мамлакатимизнинг барча ҳудудларида уч авлод вакиллари ўртасида самимий учрашувлар ўтказилаётгани, уларда муҳтарам нуронийларимиз ҳам фаол иштирок этиб, ўзларининг меҳнат ва ҳаёт тажрибаси, бугунги тинч ва ёруғ кунларнинг қадр-қиммати ва аҳамияти ҳақида билдираётган фикрлари ёшларимиз учун чинакам тарбия мактаби бўлиб хизмат қилмоқда.

Савол. Энг улуғ ва энг азиз айём – Мустақиллик байрамимиз арафасида газетамиз саҳифаларида турли касб эгалари бўлган юртдошларимизнинг эзгу тилаклари бериб борилмоқда. Сиз Ватанимиз мустақилликка эришган биринчи кунлардан бошлаб мамлакатимизда янги давлат ва жамият қуриш жараёнларида фаол иштирок этиб келган атоқли раҳбар, бугунги кунда эса Янги Ўзбекистонни барпо этиш концепциясининг ташаббускори ва уни амалга ошириш йўлидан бутун халқимизни дадил олдинга бошлаб бораётган миллий етакчи, Президент сифатида ушбу байрам муносабати билан халқимизга қандай тилаклар билдирган бўлардингиз?

Жавоб. Албатта, мамлакатимиз мустақиллигининг 30 йиллиги муносабати билан биз барча соҳа ва тармоқлар бўйича тараққиётимиз якунларини чуқур сарҳисоб қилиб, келгуси режаларимизни янада аниқ белгилаб оламиз. Айниқса, юртимиздаги ҳар бир инсоннинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда қонуний манфаатларини таъминлаш, халқимизнинг янада эркин ва фаровон яшашига эришиш биз учун бундан буён ҳам бош мақсад бўлиб қолади.

Мен учун Ўзбекистон Республикаси Президенти сифатидаги фаолиятимнинг маъно-мазмунини ташкил этадиган энг улуғ мақсад –халқимизнинг тинч ва осойишта, эркин ва фаровон ҳаёт ҳақидаги орзу-умидларини рўёбга чиқариш йўлида сидқидилдан фидокорона хизмат қилишдан иборатдир.

Барчамизга ризқ-насиба берган, оқ ювиб, оқ тараб вояга етказган эл-юртимиз олдида биз ҳамиша қарздормиз. Азиз ва ардоқли халқимизнинг розилигига эришиш – биз учун энг буюк саодатдир. Чунки халқ биздан рози бўлса, Яратган ҳам рози бўлади.

Неча-неча аждодларимиз орзу-ният қилиб ўтган мана шундай буюк ишларни амалга ошириш бугун бизга насиб этган экан, бу ўзлигини англаган ҳар бир ватандошимиз учун чинакам бахт ва шараф эмасми?

Ишончим комил, биз жонажон Ватанимизга бўлган чексиз меҳримиз ва садоқатимизни муқаддас байроқ қилиб, бор билим ва тажрибамиз, ақл-заковатимизни ишга солиб, ягона халқ, ягона миллат бўлиб, кўзлаган эзгу мақсадларимизга албатта етамиз.

Янги Ўзбекистон жаҳон майдонида кучли салоҳият, муносиб обрў-эътиборга эга бўлган, ҳар томонлама обод ва фаровон  мамлакатга айланади.

Men bunga nafoat ishonaman, lekin shu yo'l yo'lda bor bilim va tojribamni, kuch-g'ayratimni safarbar etishga hamisha tayyorman. Barcha yurtdoshlarimizni ana shundoq ulug' safda - Yangi O'zbekiston bunyodkorlari ishtirokida taklif etaman.

Bugingi bajarishdan foydalanib, kupmillatli xalqimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan qalbdan tabriklayman. Kitob bir xonadon, bir vatandoshimizga tinlik-xotirjamlik, fayzu sahifa, baxtu saodat doimo yordam berishini tilayman.

“TARIXI TABARIY” ASARINING TURKIY TARJIMALARI

“TARIXI TABARIY” ASARINING TURKIY TARJIMALARI

Islom tarixi bo‘yicha eng muhim manbalardan sanaluvchi, “Tarixi Tabariy” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Tarix ar-rusul val-muluk” (Payg‘ambarlar va hukmdorlar tarixi) asari Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir Tabariy tarafidan yozilgan. Asar tili arabcha bo‘lib, muallif uni 303/915-916 yilda yozib tamomlagan. Asar olamning yaratilishdan to 302/915 yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Mazkur asar Somoniy amiri Mansur ibn Nuhning buyrug‘i bilan 963 yilda vazir Bal’amiy tarafidan fors tiliga tarjima qilingan. Bal’amiy tarjima davomida sanadlarni chiqarib tashlash orqali asar hajmini anchagina qisqartirish barobarida Eron tarixiga doir ba’zi ma’lumotlarni ilova ham qilgan. Shuning uchun mazkur tarjima “Tarixi Bal’amiy” nomi bilan ham shuhrat qozongan.

Movarounnahr va unga qo’shni hududlarida “Tabariy tarixi”ning mazkur forscha tarjimasi keng tarqalgan edi. Xo‘sh, asosiy qismi turkiyzabon bo‘lgan mintaqa xalqi ushbu tarjima bilangina kifoyalanib qoldimi? Yoki muhtasham tarix kitobi turkiy (eski o‘zbek) tilga tarjima qilingan edimi?

Albatta, Imom Tabariy qalamiga mansub tarix kitobining turkiy tarjimalarini yaratish bo’yicha bir qator urinishlar bo’lgan. Bu borada asarning Usmoniylar davrida bir necha bor g’arbiy turk tillariga tarjima qilinganini ta’kidlab o’tish joiz. Biroq, bu o’rinda biz asosan eski o’zbek tilidagi tarjimalarga to’xtalib o’tishni maqsad qildik.

Bulardan birinchisi Rossiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Tarixnoma”[1] nomli qo‘lyozma asar bo’lib, mazkur asar “Tarixi Tabariy”ning turkiy tarjimasi hisoblanadi. Uning tarjimoni Shayboniy hukmdorlardan Ko‘chkunchixonning kotibi Vohid Balxiydir. Mazkur tarjima bevosita arab tilidan emas, balki Bal’amiy tarixidan qilingan tarjima edi. Vohid Balxiy kitobni Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullatifxon istagi bilan tarjima qilganini takidlagan. Tarjima 1521 yilda boshlanib, 1522 yilda nihoyasiga yetkazilgan.

Asarning Rossiya Milliy kutubxonasidagi bizga ma’lum yagona qo‘lyozmasi 819 varaqdan iborat bo‘lib, dastlabki to’qqiz varag‘i kirish qismi hisoblanadi. Qo‘lyozma nasx xatida bitilgan. Faqatgina Qur’oni karim oyatlari va arabcha atoqli otlar suls xatida yozilgan. Asarning tili esa chig‘atoy turkchasi hisoblanadi.

Shuningdek, keyingi davrlarda ham “Tabariy tarixi”ni tarjima qilish bo’yicha ishlar olib borilganini ko’rishimiz mumkin. Xususan, “Sharq qo’lyozmalari to’plami”da asarning XIX asrda amalga oshirilgan uyg’ur va o’zbek tillaridagi ikkita tarjimasidan so’z yuritiladi.

Uyg’ur tilidagi tarjima Yorkent hokimi Mirzo Muhammad Husayn Hokimbekning buyrug’i bilan tayyorlangan. O’zbek tilidagi tarjima esa Xorazmda amalga oshirilgan bo’lib, asarni tarixchi Muhammad Yusuf Bayoniy Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz taklifiga binoan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ikkala tarjima ham fors tilidagi Bal’amiy tarjimasiga asoslanadi.

Mazkur ikki tarjimadan uyg’ur tilidagisi Sharqshunoslik institutining qo’lyozmalar fondida 9470, o’zbekchasi esa 1229 raqami ostida saqlanadi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, hozircha bizga “Tarixi Tabariy”ning ikkita o’zbekcha va bitta uyg’ur tilidagi tarjimasi ma’lum.

[1] Asarning elektron variantini quyidagi link orqali yuklab olish mumkin: http://turuz.com/book/title/tarixname-shex-safi-gorganindan-buqesinden-chalinmish-kitablar 

Ta’ziya

Ta’ziya