O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Ahmad Sa’d Damanhuriy o‘z hamdardligini bildirdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Ahmad Sa’d Damanhuriy o‘z hamdardligini bildirdi

Bismillahir rohmanir rohim.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy hay’ati raisi, muhtaram muftiy hazratlari Usmonxon Alimov olamdan o‘tdilar. Alloh taolo u zotni O‘z rahmatiga olib, jannati naimlardan joy ato etsin. Bu ulug‘ inson bilan hayotlik chog‘larida uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan edik. Muftiy hazratlari o‘z yurtida diniy sohada amalga oshirilgan islohotlarda muhim o‘rin tutgan mujtahid siymolardan edilar. U zot ushbu sohada bor kuch-g‘ayratini ayamasdan mehnat qildilar. Har doim yaxshilik qiluvchilardan bo‘ldilar. U zotning o‘g‘illari Ahmadxon Alimov Qur’oni karim hofizi, O‘zbekiston ulamolari orasida alohida hurmatga ega bo‘lgan olim hamda ilmiy-tadqiqotchilardan biri hisoblanadi.

Men marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etaman. Qodir Alloh taolodan u kishini O‘z rahmatiga olishini so‘rab qolaman. Alloh taolo ushbu judolik evaziga barcha musulmonlarga xayrlar ato etsin. Parvardigor marhumning qabrini hamisha munavvar aylasin

Albatta, biz Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz!

Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi direktori doktor Nazir Muhammad Ayyaddan o‘zbek xalqiga hamdardlik

Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi direktori doktor Nazir Muhammad Ayyaddan o‘zbek xalqiga hamdardlik

Biskilmaxir yo'lmanir yo'lim.

Boqiylik va barhayotlik Olloh taologa xosdir. Alloh taolo ajringizni ulug', musibatingizni eng yaxshi qilsin. Ma'numiy mag'firat aylab, bir yilliklar qori -qushsin. Albatta, biz Allohnikimiz va Unga qayg'uvchimiz. Ollohim, u zotni mag'firat et, Qaratmoq, so'rab olishlarini osonlik bilan bajarish, qabrlarini munavvar va keng qilishgin. U zotni musaffo suvlar bilan yuvgin, xato va gunohlarini ketkazgin. U zotni yillari qatorida qabul qilgin!   

Ta’ziya

Ta’ziya

Muftiy Usmonxon Alimovning vafoti munosabati bilan dunyoning turli mamlakatlaridan nufuzli tashkilotlar va atoqli olimlar o‘zbek xalqiga o‘z hamdardliklarini izhor qilishmoqda. Jumladan, al-Azhar nufuzli olimlar Kengashi a’zolari, Pokiston ulamolar Kengashi a’zolari, ICESCO tashkiloti mutasaddilari Bilol va Ismoil Yusuflar, Parij ilmiy tadqiqotlar milliy markazi (CNRS) tadqiqotchisi, Oliy tadqiqotlar amaliy maktabi doktori Karim Ifrak, IRCICA Nashrlar bo‘limi tadqiqotchisi Ashirbek Mo‘minov, O‘sh davlat universiteti Ilohiyot fakulteti dekani Zaylobiddin Ajimamatov, albaniyalik professor, imom Romiz Mustafo Zakoiy, Turkiyadagi Ibn Xaldun universiteti professori Hamza Bakriy, Qozog‘istondagi “Fikr” diniy-amaliy tadqiqotlar markazi direktori Askar Sabdin o‘z ta’ziyalarini bildirdilar. Marhum haqqiga Alloh taolodan yaxshiliklar so‘rab, uning oila a’zolariga sabri jamil tilashlarini izhor etdilar.

 
Ta’ziya

Ta’ziya

Bismillahir rohmanir rohim.

Alloh taoloning qazosiga iymon keltirgan va Uning hukmiga rozi bo‘lgan holda

Butundunyo musulmon jamiyatlari Kengashi raisi muhtaram doktor Ali Nuaymiy, bosh kotib doktor Muhammad Bashoriy janoblari hamda Kengashning boshqa barcha a’zolari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, fazilatli shayx Usmonxon Alimovning vafoti munosabati bilan chuqur mahzunlik va qayg‘u izhor etadi.

Albatta, biz Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz. Alloh taolo u zotning pokiza ruhini O‘z rahmati bilan o‘rab, keng jannatlaridan joy ato etsin. Bu dunyodagi maskanlaridan xayrliroq maskan, ahllaridan ko‘ra xayrliroq ahl nasib aylasin. Barchamizga sabri jamil bersin.

U zotning ahli oilasiga va butun islom olamiga o‘z umrini O‘zbekiston hamda O‘rta Osiyo musulmonlari xizmatiga baxshida etgan ulug‘ olimlardan biridan juda bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Albatta, biz Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz.