MOTURIDIYA TA’LIMOTIGA MANSUB OLIMLAR VA ASARLARNING RO‘YXATI

MOTURIDIYA TA’LIMOTIGA MANSUB OLIMLAR VA ASARLARNING RO‘YXATI

Hozirda ayrim noxolis muxoliflar tomonidan moturidiya ta’limotiga nisbatan shubhalar uyg‘otish maqsadida tanqid qilmoqdalar. Shubhalarni bartaraf qilish uchun moturidiya ta’limotiga mansub bo‘lgan olimlar va asarlarning ro‘yxatini e’tiboringizga havola qilamiz. Toki, ahli sunna olimlarning aksarini tashkil etishiga gumon qolmasin, ishonchimiz yanada komil bo‘lsin!

MOTURIDIYA TA’LIMOTIGA MANSUB BO’LGAN OLIM VA MUALLIFLAR 

  1. Abdulaziz ad-Dehlaviy (1159-1239/1746-1824)
  2. Abdulqodir ibn Muhammad Said ibn Ahmad Taxtiy Sanandjiy Kurdistoniy (1211-1306/1796-1889)
  3. Abdulloh ibn Abdurahmon Kulaysiy Halabiy (vaf. 1303/1886)
  4. Abdulloh ibn Solih ibn Ismoil Ayyubiy
  5. Abdulloh ibn Foziliy Haybariy (vaf. 1024/1615)
  6. Abdulloh Karimiy
  7. Abdulloh Halimiy ibn Muhammad ibn Yusuf ibn Abdulmannon Umosiy Hanafiy (vaf. 1167/1754), “Yusuf Zoda” nomi bilan tanilgan
  8. Abdulloh Hamduniy Hamaviy (vaf. 1133/1721)
  9. Abdulloh Haroriy (1328-1429/1910-2008)
  10. Abdulhakim ibn Shamsuddin Muhammad Siyalkutiy (968-1067/1561-1656)
  11. Abdulhaqq ad-Dehlaviy
  12. Abdulhaqq ibn Muhammad Ahmad (vaf. 1315/1897)
  13. Abdul’aliy Bahrululum Hindiy Laknaviy (vaf. 1180/1766)
  14. Abdunnabiy ibn Abdurrasul Ahmad Nakriy (vaf. 1173/1759)
  15. Abdussalom ibn Abu Said ibn Muhibulloh Divoniy (vaf. 1039/1629-1630)
  16. Abu Abdulloh Valiyuddin ibn Mustafo ibn Ali Qonstantiniy (vaf. 1151/1738), u “Jorulloh Rumiy Hanafiy” nomi bilan tanilgan
  17. Abu Abdulloh I’zuddin Muhammad ibn Abu Bakr ibn Abdulaziz ibn Muhammad Kinoniy Hamaviy (749-819/1348-1416), “Ibn Jamoat” nomi bilan tanilgan
  18. Abul Barakot Nasafiy
  19. Abu al-Qosim Ishoq ibn Muhammad Hakim as-Samarqandiy
  20. Abu Bakr Kososniy
  21. Abu Ja’far at-Tahoviy
  22. Abu Mansur al-Moturidiy
  23. Abu Muhammad Ruknuddin Samarqandiy
  24. Abu Hanifa (r.h.)
  25. Abu Hafs an-Nasafiy
  26. Abu Hodiy Muhammad ibn Ahmad ibn Hasan ibn Abdulkarim Javhariy Xolidiy (vaf. 1215/1800)
  27. Abu Shakur as-Solimiy
  28. Abul-Barakot Abdulloh an-Nasafiy
  29. Abulfath Ismoil ibn Mustafo ibn Mahmud Kalanbaviy (vaf. 1205/1790)
  30. Abulfath Mir Muhammad ibn Amin Sa’idiy Ardabiliy (taxminan vaf. 875/1471), u “Mirobiy” nomi bilan tanilgan
  31. Abulxayr ibn Sanoulloh Umariy Jivanburiy (vaf. 1198/1784)
  32. Abulhasanot Muhammad Adulhayy ibn Abdulhalim Hindiy Laknaviy (1263-1303/1847-1886)
  33. Abulyusr Muhammad al-Pazdaviy
  34. Abulyusur Badruddin Muhammad ibn Muhammad ibn Xalil Qohiriy Hanafiy (833-894/1430-1489), u “ibn al-G’ars” nomi bilan tanilgan
  35. Abu-l-Yusur Muhammad al-Pazdaviy
  36. Ali ibn Abdulloh Pazdaviy (vaf. 1015/1606)
  37. Ali ibn Ali ibn Ahmad Najjoriy Sha’roniy (vaf. 967/1560)
  38. Alloma Sa’duddin at-Taftazoniy
  39. Alloma Hasan ibn Sayyid Abdulqodir ibn Ibrohim ibn Abdurahmon Juriy (1246-1322/1831-1904)
  40. Al-Mulla Ali ibn Sulton Muhammad Qoriy Hiraviy (vaf. 1014/1605)
  41. Alouddin Ali Arabiy (vaf. 901/1496)
  42. Alouddin Ali ibn Muhammad (vaf. 875/1470)
  43. Alouddin Muhammad al-Usmandiy as-Samarqandiy
  44. Alouddin Muhammad as-Buxoriy
  45. Alouddin Muhammad as-Samarqandiy
  46. Ahmad ibn Abdulavval Sa’idiy Qazviniy(vaf. 966/1558)
  47. Ahmad ibn Qosim Ibodiy (vaf. 994/1586)
  48. Ahmad ibn Muso Xayoliy
  49. Ahmad ibn Muhammad ibn Abdussalom Hizr Shuqariy Havomidiy (vaf. 950/1543), “Qul Ahmad” nomi bilan tanilgan
  50. Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Yunus Shalabiy (vaf. 1021/1612)
  51. Ahmad ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Maqqariy Tilmisoniy (986-1041/1578-1631)
  52. Ahmad ibn Sayyid Abdulloh Quraymiy Hanafiy (vaf. 862/1458)
  53. Ahmad ibn Umar ibn Muhammad (vaf. 1107/1696) , “Umarzoda” nomi bilan tanilgan
  54. Ahmad ibn Umar Taftazoniy Hanafiy
  55. Badruddin Muhammad ibn Muhammad ibn Abdullatif ibn Ahmad Mahalliy Qohiriy Hanafiy (833-896/1430-1491)
  56. Bahouddin Muhammad ibn Hasan Hindiy (vaf. 1137/1725)
  57. Bahouddin Rohmatulloh Xutaniy (vaf. 1303/1886)
  58. Bashiruddin ibn Karimuddin Usmoniy Qunujiy (vaf. 1296/1879)
  59. Burhonuddin Ibrohim ibn Umar ibn Hasan Rubbot Baqoi’iy (809-885/1406-1480)
  60. Burhonuddin Lor Muhammad Husayniy Yamaniy
  61. Vajihuddin ibn Nosir Alaviy Kujarotiy Hindiy (911-998/1505-1590)
  62. Vohiduzzamon ibn Masihuzzamon Haydar Obodiy (vaf. 1338/1920)
  63. G’iyosuddin Abu Muhammad G’anim ibn Muhammad Bag‘dodiy Hanafiy (vaf. 1030/1621)
  64. Dibbag‘zoda Mehmed ibn Mahmud ibn Ahmad Rumiy Hanafiy (vaf. 1114/1702)
  65. Dovud ibn Muhammad Qorisiy Rumiy Hanafiy (taxminan vaf. 1188/1774)
  66. Dovud ibn Muhammad Rumiy Hanafiy (vaf. 1169/1755)
  67. Jaloluddin Mehmed Afandi ibn Abdulloh (vaf. 1001/1592)
  68. Jamoluddin Abulfazl Yusuf ibn Solim ibn Ahmad Hanafiy (vaf. 1176/1762)
  69. Jamoluddin ibn Ruknuddin Kujarotiy (vaf. 1124/1712)
  70. Zaynuddin Abdurahmon ibn Abu Bakr ibn Muhammad Ayniy Hanafiy (838-893/1434-1488)
  71. Ziyouddin Xolid ibn Ahmad Bag‘dodiy Sulaymoniy Usmoniy Naqshbandiy (1190-1242/1778-1827)
  72. Zohid al-Kavsariy
  73. Ibrohim ibn Ibrohim ibn Nosiruddin Liqqoniy (vaf. 1041/1631)
  74. Ibrohim ibn Muhammad Bojuriy (vaf. 1276/1859)
  75. Ilyos ibn Ibrohim Sinobiy Bursaviy Hanafiy (vaf. 891/1486), u “Hoji Zoda” nomi bilan tanilgan
  76. Isomuddin Ibrohim ibn Muhammad ibn Arabshoh Asfaroiniy Hanafiy (873-945/1468-1538)
  77. Ifhomulloh ibn In’omulloh Laknaviy (vaf. 1216/1801)
  78. Kamoluddin ibn Humom
  79. Kamoluddin Ismoil ibn Boliy Rumiy Qarmoniy (vaf. 975/1567), “Qora Kamol” nomi bilan mashhur
  80. Kamoluddin Muhammad ibn Muhammad ibn Abu Bakr ibn Abu Sharif Maqdisiy (vaf. 906/1497-1498)
  81. Qozi Muborak ibn Muhammad Doim ibn Abdulhayy Foruqiy Kavfamaviy Hindiy (vaf. 1162/1749)
  82. Qozi Shihobuddin Ahmad ibn Yusuf ibn Muhammad Hasankifiy Sindiy (vaf. 895/1490)
  83. Qoziaskar Qora Xalil Afandi ibn Hasan ibn Muhammad Tiroviy Rumiy Hanafiy (vaf. 1123/1711), u “Qora Xalil” nomi bilan tanilgan
  84. Qoziaskar Qora Xalil Afandi ibn Hasan ibn Muhammad Tiroviy Rumiy Hanafiy (vaf. 1123/1711)
  85. Qoziy Jamoluddin al-G’aznaviy
  86. Qosim ibn Qutlubg‘o Hanafiy (vaf. 879/1474)
  87. Lutfulloh ibn Ilyos Rumiy (vaf. 930/1524)
  88. Lutfulloh ibn Hasan Tuqodiy Hanfiy (vaf. 900/1495)
  89. Mavlo Muhammad ibn Qozi Manyos (vaf. 800/1398), “ibn Manyos” nomi bilan tanilgan
  90. Malik Ahmad ibn Abdulmalik Pir Muhammad al-Faruqiy
  91. Mir Abulfath ibn Mahdum Sa’idiy (vaf. 950/1543)
  92. Mir Muhammad Boqiy, “Fayziy as-Samarqandiy” nomi bilan tanilgan
  93. Mir Muhammad ibn Yor Muhammad ibn Xoji Muhammad Buxoriy Hindiy Hanafiy (1041-1110/1631-1698)
  94. Mir Sadruddin Muhammad ibn Ibrohim ibn Muhammad Shiroziy Husayniy (vaf. 930/1524), “Mir Sadruddin” nomi bilan tanilgan
  95. Mir Fahruddin Muhammad ibn Husayn Astrobodiy
  96. Mulla Ali al-Qoriy
  97. Mulla Ahmad Jandiy
  98. Muslihuddin Mustafo ibn Muhammad Qastaloniy Hanafiy (vaf. 901/1495), “Kastaliy” nomi bilan tanilgan
  99. Muslihuddin Muhammad ibn Salah Loriy (vaf. 969/1562)
  100. Mustafo ibn Ahmad Hakim (vaf. 1341/1922)
  101. Mustafo ibn Yusuf ibn Murod Ayyubiy Mustoriy Hanafiy (1061-1119/1651-1707)
  102. Muftiy Muhammad Sa’dulloh ibn Nizomuddin Hindiy Murod Obodiy (vaf. 1294/1877)
  103. Muhammad Abdulaziz Farhoriy (vaf. 1239/1824)
  104. Muhammad Abdulhalim ibn Muhammad Aminulloh Hindiy Laknaviy (1239-1285/1823-1868)
  105. Muhammad Amin ibn Abdulhayy Askudariy (vaf. 1149/1736)
  106. Muhammad Vasim ibn Muhammad Said Sanandjiy Kurdistoniy
  107. Muhammad ibn Abdulhamid Kafaviy (vaf. 1168/1754)
  108. Muhammad ibn Ali ibn Said at-Tunisiy Hajariy (vaf. 1199/1784-1785)
  109. Muhammad ibn Muhammad Amosiy Rumiy Hanafiy (vaf. 1187/1773)
  110. Muhammad ibn Hamza Dibbog‘iy Ayntobiy (vaf. 1111/1699), “Tafsiriy Afandi” nomi bilan tanilgan
  111. Muhammad ibn Hamid Afkirmoniy Kafaviy (vaf. 1174/1760)
  112. Muhammad ibn Hasan ibn Muhammad Zuhur Hasan Kan’oniy Dehlaviy (vaf. 1305/1888)
  113. Muhammad ibn Hasan Liqqoniy (vaf. 958/1551)
  114. Muhammad ibn Sharif Shahrudiy Bistomiy
  115. Muhammad Izmiriy
  116. Muhammad inb Abu Nasr Toj Sayyidiy
  117. Muhammad Qosim ibn Muhammad Solih Buxoriy Fathobodiy
  118. Muhammad Mir Zohid ibn Muhammad Aslam Husayniy Hiraviy (vaf. 1101/1689)
  119. Muhammad Sadrulvaro Qodiriy Misbohiy
  120. Muhammad Hasan Sanbaliy (vaf. 1305/1888)
  121. Muhammad Hafid Afandi ibn Mustafo Ashir Istanbuliy (vaf. 1266/1849-1850)
  122. Muhammadi Amin ibn Sadruddin Husayniy Mullazoda Shirvoniy (vaf. 1036/1626)
  123. Muhiyuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Sa’d ibn Mas’ud Rumiy Kofijiy Hanafiy (788-879/1386-1474)
  124. Muhiyuddin Muhammad ibn Bahouddin
  125. Muhiyuddin Muhammad ibn Ibrohim Niksoriy (vaf. 901/1495)
  126. Najmuddin Abdulloh ibn Shihabuddin Husayn Bahobodiy Yazdiy (vaf. 981/1573)
  127. Nizomuddin Abdulhayy ibn Abdulvahhob ibn Ali Husayniy Jurjoniy (vaf. 947/1540)
  128. Nuruddin Ali ibn Muhammad ibn Abdurahmon ibn Ali Ojhuriy (vaf. 1066/1655)
  129. Nuruddin Ahmad ibn Mahmud as-Sobuniy
  130. Nuruddin Ahmad ibn Muhammad Solih Ahmadobodiy Kujarotiy Hindiy (1064-1155/1654-1742)
  131. Nuruddin Ahmad Sobuniy al-Buxoriy
  132. Oxund Shayx Inoyatulloh Buxoriy
  133. Ramazon ibn Abdulmuhsin Bihishtiy (vaf. 979/1571)
  134. Ramazon ibn Muhammad Afandi (vaf. 1025/1616)
  135. Ramozonzoda Nishonchi Muhammad Posho (vaf. 979/1572)
  136. Ruknuddin Ibrohim Saffor al-Buxoriy
  137. Sadrush-shari’a Ubaydulloh al-Buxoriy
  138. Sayyid Sharif al-Jurjoniy
  139. Sayfuddin Ahmad ibn Yahyo ibn Muhammad ibn Mas’ud Taftazoniy (vaf. 912/1506)
  140. Sinonuddin Yusuf Hamidiy (vaf. 912/1506)
  141. Sirojuddin al-O’shiy
  142. Sulaymon Fozil Afandi ibn Ahmad (vaf. 1134/1721)
  143. So‘fi Alloh Yor ibn Alloh Quli
  144. Toha ibn Ahmad ibn Qosim Kuroniy (1231-1300/1816-1883)
  145. Ubaydulloh ibn Fazlulloh Xubaysiy (vaf. 1050/1640)
  146. Umar ibn Ahmad Ma’iy Amidiy (vaf. 1122/1710)
  147. Faxru-l-afozil Zaynulobidin ibn Yusuf ibn Muhammad ibn Muhammad Kuroniy (taxminan vaf. 1066/1655)
  148. Xoja Muhammad Porso al-Buxoriy
  149. Habibulloh Mulla Mirzajon Bog‘anaviy Shiroziy (vaf. 944/1537)
  150. Hasan ibn Husayn ibn Muhammad (vaf. 1065/1654-1655)
  151. Hizir Shoh ibn Abdullatif Muntashaviy Rumiy Hanafiy (vaf. 853/1450)
  152. Hisomuddin Mustafo ibn Hisomuddin Husayn ibn Muhammad ibn Hisom Bursaviy Rumiy Hanafiy (vaf. 1035/1626), u “Hisom Zoda” nomi bilan tanilgan
  153. Hisomuddin Husayn al-Buxoriy
  154. Hoji Amirzoda Umar Afandi
  155. Homidiy Afandizoda Mustafo
  156. Husayn ibn Hasan Husayniy Xalxoliy (vaf. 1014/1605)
  157. Shayx Abdulhaqq Umariy Hanafiy (1244-1316/1828-1898)
  158. Shayx Abdunnabiy ibn Abdulloh Shatoriy Kujarotiy
  159. Shayx Murod ibn Usmon ibn Ali ibn Qosim Umariy Musiliy Hanafiy (vaf. 1092/1681)
  160. Shayx Muhammad ibn Qosim G’arbiy (vaf. 918/1512)
  161. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
  162. Shayx Muhammad Solih Xayrobodiy
  163. Shayx Sayyidiy Abdulkarim ibn Ahmad (994-1042/1586-1632)
  164. Shayx Ya’qub ibn Abu Yusuf Banyoniy Lohuriy
  165. Shayxulislom Zakariyo ibn Muhammad Ansoriy (vaf. 926/1520)
  166. Shamsuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad Dilajiy Usmoniy Hanafiy (860-947/1456-1540)
  167. Shamsuddin Ahmad ibn Muso Xayoliy (vaf. 860/1456)
  168. Shamsuddin Ahmad ibn Sulaymon ibn Kamol Posho (873-940/1468-1534)
  169. Shamsuddin Ahmad Rumiy (vaf. 854/1450) “Qora Ahmad” nomi bilan mashhur
  170. Shamsuddin Mulla Ahmad ibn Sulaymon (vaf. 940/1533)
  171. Shamsuddin Muhammad as-Samarqandiy
  172. Shamsuddin Muhammad Siyalkutiy
  173. Sharafuddin Ahmad ibn Abdulloh Farimiy
  174. Sharafuddin Hasan ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Jalol Yamaniy
  175. Shoh Muhammad ibn Muborak Qazviniy (taxminan vaf. 920/1514)
  176. Shoh Husayn ibn Sulton Yusuf
  177. Shujo’uddin Rumiy
  178. Shujo’uddin Hibatulloh at-Taroziy
  179. Yasin ibn Zaynuddin ibn Abu Bakr ibn Ulaym Himsiy (vaf. 1061/1651)
Tinchlik va barqarorlik — oliy qadriyat

Tinchlik va barqarorlik — oliy qadriyat

Tinchlik — buyuk ne’mat, taraqqiyot va farovon hayotning birlamchi sharti. Ezgu maqsadlarning ro‘yobi, eng avvalo, ushbu ne’matga bog‘liq. Shu bois qadimdan barcha xalqlar tinchlikni asrash uchun moliyu joni bilan kurashib kelgan.

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi. Odamlarning o‘zaro bir-birlariga ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy bo‘lishi ham asosan xotirjamlik tufaylidir.

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashishni zamon andozalariga mos holda olib borishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki globallashuv jarayonlari yuqori sur’atda kechayotgan bugungi davr inson ongu qalbiga qaratilgan tahdidlar, din niqobi ostidagi axborot xurujlari tobora kuchayib borayotgani bilan g‘oyat murakkab va tahlikalidir.

Ba’zi yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar o‘zlari bilib-bilmay turli diniy oqimlar, aqidaparast kuchlar ta’siriga tushib qolayotgani ham sir emas. Bunda ularga yetarli diniy bilimlarga ega emasligi, g‘o‘rligi, muqaddas dinimizning asl mohiyatini to‘la anglamasligi pand bermoqda.

Islom dinida tinchlik oliy ne’mat ekani haqida ko‘p bor ta’kidlangan. Alloh taolo Qur’oni karimda tinchlikni saqlash va qadrlashni zimmamizga yuklab, bunday deydi: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” (Baqara surasi, 208-oyat).

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida: “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydi. U — xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Imom Buxoriy rivoyati), deb marhamat qilganlar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sahobalar ko‘proq nimani duo qilib so‘rashni savol qilishgan-da, Nabiy alayhissalom: “Alloh taolodan ofiyat (tinchlik, xotirjamlik)ni so‘ranglar”, deb aytgan so‘zlari bu ne’matlar nechog‘lik muhim ekaniga dalolat qiladi. Yana bir hadisi sharifda Rasuli Akram alayhissalom shunday deganlar: “Kim oilasi tinch, tani salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to‘lig‘icha berilibdi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishlari lozim.

Tinchlik va xotirjamlik amaliy shukr talab qiladigan ne’matlardan. Bu ne’matning shukrini ado etish barchaning zimmasiga burchdir. Yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ushbu ikki ulug‘ ne’matning mustahkamligini so‘rab, duo qilishi, yoshlar o‘zlarining halol mehnatlari, jonkuyarligi, uni himoya qilish uchun astoydil bel bog‘lashlari bilan bu ne’matning shukrini ado etgan bo‘lamiz.

Mamlakatimizda hukm surayotgan osuda hayotni asrash, uning barqarorligiga munosib hissa qo‘shish — shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqaroning, qaysi millat va dinga mansubligimizdan, qanday kasb-kor bilan shug‘ullanishimizdan qat’i nazar har birimizning eng asosiy vazifamizdir.

Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xotirjamligini barqaror va bardavom, xalqimizning hayotini faravon qilsin.

 

Homidjon ISHMATBEKOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari.

Diniy idorada “Qur’on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi ochildi!

Diniy idorada “Qur’on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi ochildi!

 

Allohga shukrki, yurtimiz aholisining diniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mana shunday ishlarning uzviy davomi sifatida Qur’oni karimga muxlis xalqimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Qur’on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi ochildi.

 Ushbu bo‘lim Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari, ilmiy maktablar, tadqiqot markazlari, O‘zbekiston islom sivilizasiyasi markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida faoliyat yuritayotgan “Qur’oni karim va tajvid” kurslarining faoliyatini muvofiqlashtirish, boshqarish va rivojlantirish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, “Qur’oni karim va tajvid” kurslari ustozlarini tayyorlash, mavjudlarini suhbatdan o‘tkazish, ularning mahoratlarini tizimli oshirib borish va Qur’on ta’limini o‘rgatishdagi eng ilg‘or uslublarni qo‘llashda amaliy ko‘mak beradi.

Muhtaram Prezidentimizning “Qur’onni eshitish, eshita olish yuksak ma’naviyat, ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmaydi. Agar Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak, bu – muvaffaqiyat bo‘ladi. Elimizga nur keladi!”, degan edilar.

Mana shu yuksak e’tirof sabab yurtimizda Qur’oni karimni o‘rganish va o‘rgatish borasida juda keng ko‘lamda ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Qorilar musobaqalari o‘tkazilishi, Mushafi Sharif chop etilishi, Qur’on va tajvid kurslari faoliyati kengayishi va qiroat ilmlari keng tadqiq etilishi, xususan, mazkur yangi bo‘lim tashkil etilishi fikrimizni yanada qo‘llab-quvvatlaydi.

Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Qur’oni karimni o‘rganish va o‘rgatish haqida Hazrati Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi shariflarida: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganganlaringiz va o‘rgatganlaringizdir”, deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Alloh taolo “Qur’on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi faoliyatini muvaffaqiyatli qilsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Hanafiya aqidasi moturidiya nomi bilan tanildi

Hanafiya aqidasi moturidiya nomi bilan tanildi

Imom Murtazo Zabidiy (1145-1205 h./1732-1790 m.) “Ithof as-sodat al-muttaqin” asarida naql qiladi [2/14]:

“Imom Abu Hanifa, Abu Yusuf, Muhammad, Zufar va Abu Hanifaning o‘g‘li Hammodlar o‘zlari ilmda peshvo bo‘la turib, muxoliflar bilan kalom ilmi bo‘yicha o‘zlariga yarasha munozara qilganlar.    Shuningdek, Imom Abu Hanifa o‘z zamonida ushbu ummatning mutakallimi bo‘lgan”.

So‘ngra imom Zabidiy imom A’zamning “al-Fiqh al-akbar”, “al-Fiqh al-absat”, «al-Olim val-mutaallim», “Vasiyat”, “Usmon Battiyga maktub” kitoblari haqida so‘z yuritadi.

Yuqoridagilardan ma’lumki, ushbu kitoblar imomning o‘z ta’lifotlaridandir. To‘g‘ri, mazkur kitoblarda tilga olingan bu masalalarni imom o‘zining Hammod, Abu Yusuf, Abu Muti’ Hakam bin Abdulloh Balxiy va Abu Muqotil Hafs bin Muslim Samarqandiy kabi (Alloh rahmat qilsin) shogirdlariga imlo qilib bergan.

Shuningdek, ayrimlari ularni jamlagan va quyidagi bir guruh imomlar ulardan qabul qilib olgan: imomning nabirasi Ismoil bin Hammod, Muhammad bin Muqotil Roziy, Muhammad bin Samoat, Nasir bin Yahyo Balxiy, Shaddod bin Hakam va boshqalar, sanadi imom Abu Mansur Moturidiyga qadar yetib boradi”. Mana shu to‘liq hanafiylikdir!

Salafiylar faqat o‘zlarinigina ahli sunnaga mansub, deb da’vo qilmoqdalar. Aslida, ming yildan beri butun ummat ahli sunnaning asl namoyondasi va eng haqli merosxo‘ri, deb bilittifoq tan olib kelayotgan va hozirga qadar ko‘p sonli ahli sunna ulamollari e’tirof etib kelayotgan moturidiy va ash’ariylarni faqat kam sonli ayrim salafiylargina “bid’atchi firqa, adashgan toifa”, deb tuhmat e’lon qilmoqdalar, quyidagi fitnali, shubhali savollarni qo‘zg‘amoqdalar:

  1. Nega bitta ahli sunna deb emas, balki moturidiya va ash’ariya deb ikki xil nomlandi, o‘zaro farqlarni kelishib, bir bo‘lib olishsa bo‘lmaydimi? 
  2. Agar moturidiya qarashlari Abu Hanifa qarashlariga muvofiq bo‘lsa, nega fiqhda hanafiya deb, aqidada esa moturidiya deb nomlandi? 

Ularning birinchi savoliga qarshi beshta savol bilan javob beramiz:

  1. Nega to‘rt mo‘‘tabar fiqhiy mazhab ahli sunna deb emas, balki hanafiya, molikiya, shofe’iya, hanbaliya deb nomlangani umum e’tirof etilgan?
  2. Nega hozirda ayrim salafiy voizlar vahhobiya, ba’zilari esa salafiya asl ahli sunnaning mazhabi deya ikki xil atamoqdalar? 
  3. Nega ular tayanadigan Ibn Taymiya ham o‘zining “Majmu’atul-fatovo” asarida to‘rt mo‘‘tabar fiqhiy mazhabni ahli sunna deb, salafiya haqida hech narsa demagan? 
  4. Nega Ibn Taymiyani hanbaliy olimlar oldida tavba qilib, o‘zini “man ash’ariyman”, dedi, ahli sunna yoki salafiy man demadi?
  5. Salafiya-vahhobiya atamalarining o‘zi keyin paydo bo‘lgan, demak bu bid’at da’vodan boshqa nima?!

Ikkinchi savolga javob: ahli sunnaning sof aqidasini bayon qilgan imom Abu Hanifaning ta’limotini imom Abu Mansur Moturidiy uning asos solgan uslubida davom ettirib, rivojlantirdi. Adashgan oqimlarning bid’at qarashlariga raddiyalar berishda nafaqat Qur’on va sunnatni naql qilish bilan kifoyalandi, balki aql, mantiq, kalom va falsafa usullarini ham qo‘llagan holda ahli sunnaning sof aqidasini bayon qilgan, shubhali savollarga aniq ilmiy javoblar berdi. Keyinchalik, shogirdlarining ham xizmatlari bilan bir butun yaxlit aqidaviy maktab sifatida shakllandi va ahli sunnaning moturidiya madrasasi deb nomlandi hamda u zot ahli sunnaning imomi deb tan olindi.

Tojiddin Subkiy (728-771 h./1328-1370 m.) ta’biri bilan aytganda, hanafiylar, shofe’iylar, molikiylar va hanbaliylarning fozillari aqidalarda bitta qo‘ldir, ularning hammasi ahli sunna val jamoadir. Ular sunnat shayxi Abulhasan Ash’ariy va hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy yo‘li bilan Alloh taologa e’tiqod qiladilar. Ular bu yo‘ldan aslo og‘ishmaganlar. Hanafiy va shofe’iylardan bir guruhi ushbu yo‘ldan og‘ishib mo‘‘tazilaga, hanbaliylardan bir guruhi esa mujassimaga ergashganlar. Molikiylarni esa Allohning o‘zi asragan, ularni ash’ariyadan boshqa aqidada ko‘rmadik. To‘rt mazhab ulamolari qabul qilib olgan va aqida deb rozi bo‘lgan tahoviya aqidasi ash’ariya aqidasini o‘z ichiga qamrab olgan. Ummatning salafi – o‘tganlari ushbu aqidadadir. Tahoviyning aqidasi, Qushayriyning aqidasi va murshida deb atalgan aqida ahli sunna val-jamoa asoslarida mushtarakdir. (Tojiddin Subkiy. Muid an-ni’am va mubid an-niqam. – Bayrut: Muassasa al-kutub as-saqofiya, 1986. – B. 62).

Shuningdek, tarixda ayrim murji’a aqidasidagilar furu’-fiqhda o‘zlarini hanafiyaga nisbat berganlar. Shuning uchun ulardan farqli ravishda hanafiya-moturidiya iborasi qo‘llaniladi. Ayrim asarlarda ahli sunna aqidasiga nisbatan umumiy tarzda ash’ariya atamasi zikr qilinib, undan moturidiya ham nazarda tutilishi ko‘pchilikka ma’lum.

Xo‘sh, imom Abu Hanifa kimlarga raddiya bergan? “al-Fiqh al-akbar” matnidagi mavzular, jumlalarning tuzilishi aynan bid’atchi firqalarning da’volariga javob tarzda, undovli bayon qilinadi. Unda ayrim furu’-fiqhiy masalalar ham kiritilgani, ahli sunnaning boshqa adashgan firqalardan farqli masala bo‘lganidandir. Xo‘sh, imom Abu Mansur Moturidiy-chi, aksar, xususan, “Kitob at-Tavhid” asarining bosh mavzusi bo‘lgan raddiyalar kimlarga qaratilgan edi? Albatta, bid’atchilarga. Ahli sunnaning sof aqidasini ularning qo‘zg‘agan shubhalaridan himoya qilish maqsadida o‘zlarining mantiqiy uslublarini ham qo‘llagan.

Afsuski, bugun bid’atchi firqalar ahli sunna da’vosi bilan asl ahli sunna bo‘lgan ash’ariy va moturidiylarga tosh otmoqda. Kalom ilmidagi naql va aql uyg‘unligi usulidan foydalanganligini ayb, deb qoralamoqdalar. 

Bir misol, o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfda matematika fanidagi hisoblashning asosiy tamoyillari sodda shaklda o‘rgatiladi. Unga ko‘ra toq son ikkiga bo‘linmaydi (3:2), kichik sondan katta son ayrilmaydi (2-3). Yuqori sinflarda esa murakkablashib boradi. Unga ko‘ra esa, toq son ikkiga bo‘linadi, natija qoldiqli chiqadi, kichik sondan katta sonni ayrish mumkin, natija manfiy son chiqadi, va hokazo.

Xuddi shunday, ilk hijriy asrlarda musulmonlar aqidasi sodda va ravon anglatilgan, mutashobeh masalalarni qo‘zg‘aganlarning ixtiloflari tezda bostirilgan, bunday savollarni berish bid’at deb baholangan yoki “uning ma’nosini Alloh biladi”, deb tafviz qilingan. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday savollarni ko‘pchilik bera boshlagan va ularga javob bermaslikning umuman iloji bo‘lmay qoldi. Mantiqiy savollarga mantiqiy javoblar berish maqsadida masalaga yaqin ma’no berib ta’vil qilishni taqazo etgan. Avvalgi uch asrdagi “salaf” ahlining uslubi asosan tafviz, keyingi “xalaf” ahlining uslubi esa ko‘pincha ta’vil bo‘ldi. Bu qat’iy taqsim emas, balki har ikkisida ham ikkala uslub uchraydi. Sahoba va tobeinlar tafsirlarida ham ko‘plab ta’villarni ko‘rish mumkin. Bu alohida mavzu.

Yana bir misol, Qur’onda bir mavzuda bir jumla kelgan bo‘lsa, ushbu mavzuda bir nechta hadis keladi, keyingi o‘rinlarda uning tafsir va sharhlarida yanada ko‘plab qavllar naql qilinadi. Huddi shuningdek, aqida borasidagi masalalar dastlab qisqa matnlar bilan kifolangan bo‘lsa, keyingi davr olimlari ularni sharhlash va yanada kengroq bayon qilish uchun ko‘plab jild asarlar bitganlar.

Jahongir Tohirov